1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi
10.07.2025

Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi

Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi

O‘zbekiston terma jamoasi va Italiya A Seriyasi vakili “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi ehtimoli katta. Futbol bo‘yicha taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, forvard Istanbulning “Bashakshehir” jamoasiga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Xabarlarga ko‘ra, ikki klub o‘rtasida muzokaralar ijobiy yakun topgan. Eldor “Bashakshehir” bilan ikki yilga mo‘ljallangan shartnomani imzolaydi. Kelishuvda uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Transfer shartlari quyidagicha: futbolchi dastlab 3 million yevro evaziga ijaraga olinadi, keyinchalik esa 2,7 million yevroga majburiy sotib olinishi ko‘zda tutilgan. “Roma” esa ushbu transferdan so‘ng futbolchining kelajakdagi savdosidan 10 foizlik ulushga ega bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eldor Shomurodovning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali esa uning hozirgi qiymatini 5 million yevroga teng deb baholagan.

30 yoshli hujumchi 2024/25-yilgi mavsumda “Roma” safida 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgan va 5 ta golga assistentlik qilgan.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.