“Bashakshehir” Abbosbek Fayzullayev transferiga yaqinlashmoqda


O‘zbekiston milliy jamoasi va Moskva “SSKA” klubining futbolchisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Turkiyada davom ettirishi ehtimoldan xoli emas. Mahalliy jurnalist Osman Altunterim bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbulning “Bashakshehir” jamoasi 21 yoshli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun muzokaralarni olib bormoqda. Ayni paytda bu jarayon ijobiy tus olgan.
Manbada qayd etilishicha, Fayzullayevning o‘zi ham Turkiya klubiga o‘tishga rozilik bildirgan. Hozirda tomonlar o‘rtasida moliyaviy shartlar muhokama qilinmoqda va kelishuvga erishish arafasida turibdi. Agar hamma bandlar bo‘yicha kelishuv yuzaga kelsa, futbolchi “Bashakshehir” futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Fayzullayev ushbu jamoada harakat qilayotgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ladi. Avvalroq, klub Italiyaning “Roma” jamoasidan Eldor Shomurodovni ijaraga olgan edi.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev o‘tgan mavsum “SSKA” safida 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 8 ta samarali pas muallifiga aylangan. Uning “armiyachilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 8 million yevro atrofida baholamoqda.