28.05.2025
“Garri Potter” serialidagi bosh qahramonlar nomi ma’lum qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
HBO “Garri Potter” serialidagi bosh rollar uchun aktyorlarni tasdiqladi. Shou premyerasi 2026-yildan oldin bo‘lmaydi.
Potterni Dominik Maklaflin, Germiona Grenjerni — Arabella Stenton, Ron Ueslini — Alaster Staut ijro etadi. Jami 30 mingdan ortiq bola tinglovdan o‘tkazildi. Suratga olish ishlari shu yil yozda Buyuk Britaniyada boshlanadi.
Avvalroq loyihaga Jon Litgou (Albus Dambldor), Janet MakTir (Minerva MakGonagall), Paapa Essedo (Severus Snegg) va boshqalar qo‘shilgan edi. Serial mualliflari Francheska Gardiner ("Merosxo‘rlar") va Mark Maylod ("Menyu"). Serialning aniq chiqish sanasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.