РУ
O’Z
UZS
/
/
Samsung Galaxy S25 flagmanlarini e’lon qildi va Apple Vision Pro “qotilini” namoyish etdi
23.01.2025 (yangilandi 25.01.2025)

Samsung Galaxy S25 flagmanlarini e’lon qildi va Apple Vision Pro “qotilini” namoyish etdi

Samsung Galaxy S25 flagmanlarini e’lon qildi va Apple Vision Pro “qotilini” namoyish etdi

O‘tgan kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan taqdimotda Samsung yangi smartfonlar qatorini taqdim etdi. Ayni paytda bu uchta model, ammo yaqin kelajakda kompaniya ularga iPhone 17 Air bilan raqobatlasha oladigan Edge versiyasini ham taqdim etadi (premyeraning kuzda bo‘lishi kutilmoqda). Shuningdek, kompaniya o‘zining aralash reallik shlemi versiyasini ham namoyish qildi.

Galaxy S25, S25+ va S25 Ultra

Qatorda uchta  - diagonali 6,2 dyuymli standart Galaxy S25, 6,7 dyuymli ekranli Galaxy S25+, shuningdek, 6,9 dyuymli displeyga ega S25 Ultra smartfonlari mavjud. Oxirgi modelda hali ham stilus bor.   

Galaxy S25 Snapdragon 8 Elite for Galaxy bilan ishlaydi - “for Galaxy” pristavkasi uchun maxsus takomillashtirilgan Chipning Samsung versiyasi hisoblanadi. Operativ xotira varianti bitta - har doim 12 GB bo‘ladi. Shuningdek 128, 256 yoki 512 GB o‘rnatilishi ham mumkin. Batareya sig‘imi - 4000 mA/soat, yana uni simsiz zaryadlash ham mumkin. Fotodatchiklar 50 Mpli asosiy datchik,12 Mpli ultrakeng datchik va 10 Mpli ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘lgan uch marta optik kattalashtiruvchi telefotodan iborat.

Galaxy S25+ modeli xuddi shu S25 ga o‘xshaydi, lekin u kattaroq korpusga ega. Shunga ko‘ra, kattaroq - 4900 mA/soatli akkumulyatorni o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Bir vaqtning o‘zida zaryadlash tezroq: kichik versiyada 25 Vtga qarshi 45 Vt.                                                                                                                                                   Seriyadagi eng qimmat smartfon - Galaxy S25 Ultraga jiddiy o‘zgarishlar kiritilgan. Keyingi yillarda ilk bor modelning burchaklari to‘g‘ri emas, balki qirrasiz shaklga keltirildi. Nazariy jihatdan, smartfonni endi bir qo‘lda ushlab turish qulaydek tuyuladi. Yana displey ramkasi ham kichraytirildi. Ekranning o‘zi 3120x1440 aniqlikni ajrata olish qobiliyatini saqlab qolgan va vaziyatga qarab 1 dan 120 Gs gacha bo‘lgan diapazonda yangilash chastotasini boshqarishi mumkin.

Chip va operativ xotira hajmi kichik versiyalar bilan bir xil, ammo 256 va 512 GB xotiraga qo‘shimcha ravishda Ultra uchun 1 TB versiyasi ham taklif etiladi. Akkumulyator - 5000 mA/soatni tshkil etadi. Fotosensorlar to‘plami quyidagicha: 200 Mp, 50 Mp (ultrakeng), 50 Mp (periskop, 5 marta optik kattalashtirish), 10 Mp (telefoto).

Uchta smartfonning hammasi ham elektron SIM-kartalar, Wi-Fi 7 va IP68 suv va changdan himoya qilish standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmalar OneUI 7 qobig‘idagi Android 15 da ishlaydi. Samsung yetti yil davomida dasturiy ta’minotni yangilashni va’da qilmoqda.

Galaxy S25 Edge

Samsung Edge nomini qaytardi - avvalroq kompaniya ushbu so‘z bilan smartfonlarni chiqargan edi. Bu nomga S25ning juda ham nozik versiyasi ega bo‘ladi. Tayyor qurilma taqdim etilmadi, ommaga faqat alohida tafsilotlarsiz kichik rolik namoyish etildi xolos. Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda Galaxy S25 Edgening qalinligi 6,4 mm bo‘ladi; mazkur ko‘rsatkich Galaxy S25 da 7,2 mmga teng.

Aralash reallik shlemi

Tayyor mahsulot bo‘lmagan yana bir prototip. Modelga hozircha hatto nom ham berilmagan - qurilma Project Moohan sifatida chiqmoqda. Shlem Android XRning yangi operatsion tizimida ishlaydi. Unda sun’iy intellekt funksiyalaridan keng foydalanish mo‘ljallangan. Qurilma Apple Vision Pro bilan yaqqol raqobatlashmoqchi (narxlar 3500 dollardan boshlanadi). 

Project Moohan joriy yilda chiqariladi, ammo buning aniq sanasi noma’lum. Narxi ham ochiqlanmagan.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.