Eng yaxshi oʻzbek filmlari: yuqori reytingga ega TOP-20 kartinalar
Oʻzbek kinosanoati uzoq yillik tarixga ega hisoblanadi. Bu davr mobaynida ijodkorlar dramadan tortib, fantastikayu jangovar janrlargacha qoʻl urgan. Toping.uz interaktiv videokontent servisi TelecomTV bilan birgalikda so‘nggi yillardagi eng mashhur o‘zbek filmlari haqida ma’lumot beradi.
Soʻnggi yillarning eng mashhur filmlari
Tomoshabinlarning izohlari va tanqidchilarning baholaridan kelib chiqqan holda, biz eng taniqli oʻzbek filmlari roʻyxatini tuzib chiqdik.
“Sugʻdiyona”
Janr: drama, melodrama
Rejissyor: Bahrom Yoqubov
Rollarda: Sagdiana, Farrux Soipov, Tohir Saidov, Rixsitilla Abdullayev, Ubaydulla Omon
Ishlab chiqilgan yil: 2006-yil
Badavlat oilaning oʻgʻli Rustam ruhiy xastalikka chalingan. Otasi badavlat Botir aka uni davolatish uchun eng yaxshi psixiatrni olib keladi. Ular kasalxonada Rustamda kasallik xuruji tutgan vaqtga yetib kelishadi. Psixiatr Rustam bilan yolgʻiz qolib, suhbatlasha boshlaydi. Suhbat davomida Rustamni oʻz sevgan qizi Soʻgʻdiyona va uning oʻgay otasini oʻldirgani maʼlum boʻladi. Soʻgʻdiyona kambagʻal qiz edi. U qanday qilib, Rustamning qalbini zabt etgan va Rustam uni nima uchun oʻldirgan?
“Feride”
Janr: Melodrama
Rejissyor: Yolqin Toʻychiyev
Rollarda: Farrux Soipov, Gulchehra Eshonqulova, Fotih Jalolov, Yulduz Hamidova
Ishlab chiqilgan yil: 2009-yil
Feride “Mehribonlik uyi”da voyaga yetgan. U Farhod ismli yigitga koʻngil qoʻyadi. Ammo yigitning otasi ularning munosabatlariga qarshilik qiladi. Universitetga oʻqishga kirgan Feride u yerda ham Farhodni uchratadi. Munosabatlar yanada chuqurlashadi. Feride u yerda badavlat xonadonning erka qizi boʻlgan Nargiz ismli talaba kursdoshi bilan dugona boʻladi. Ammo Nargiz ham Farhodga koʻngil qoʻyadi. Natijada sevgi uchburchagi yuzaga keladi. Lekin Farhodning koʻngli Ferideda edi. Feride esa Farhodning oilasiga munosib emasdi.
“Firibgar”
Janr: komediya
Rejissyor: Aziz Umrzoqov
Rollarda: Munisa Rizayeva, Jahongir Poziljonov, Erkin Komilov, Murod Rajabov
Ishlab chiqilgan yil: 2010-yil
Davron aka nafsi ustun kelib, noqonuniy ishga qoʻl uradi. U pochta boʻlimida ishlab, nafaqaxoʻrlarning pullarini tarqatib chiqardi. U “pul ishlash” niyatida oʻsha pullarni foizga qarzga beradi. Ammo undan pul olganlar “chuv tushib qoldik” degan bahona bilan pulni qaytarishmaydi. Davron aka juda qiyin vaziyatda qoladi. Shunda mahalladoshi Nodir oʻz doʻstlari bilan unga yordamga kelib, uni chuv tushirgan noinsoflardan, xuddi oʻzlari kabi firibgarlik yoʻli bilan pullarni qaytarib olishga kirishadi.
“Qorakoʻz”
Janr: melodrama
Rejissyor: Jahongir Ahmedov
Rollarda: Alisher Uzoqov, Zarina Nizomiddinova, Mahmud Ismoilov, Raʼno Yarasheva
Ishlab chiqilgan yil: 2010-yil
Film ssenariysi bosh qahramonning bir maromdagi zerikarli hayotining toʻsatdan tugashi va uning boshiga katta maʼsuliyat tushishi bilan boshlanadi. U yosh qiz bilan tanishib va qizning otasi vafot etganda uning qarzlarini oʻz boyniga olib, qizga yordam beradi.
“Oling quda, bering quda”
Janr: komediya, melodrama
Rejissyor: Jahongir Ahmedov
Rollarda: Alisher Uzoqov, Nigora Ismoilova, Matyoqub Matchonov, Lola Eltoyeva, Muhammadiso Abdulxairov
Ishlab chiqilgan yil: 2011-yil
Filmda bosh rollarni Alisher Uzoqov hamda Nigora Ismoilova ijro etishgan . Nigoraning filmdagi rolini judayam qoyilmaqom tarzda oʻynagani filmning fayziga fayz qoʻshgan. Taniqli aktyor Murod Rajabov kino olamidagi ilk dramatik obrazini aynan shu filmda ijro etgan. Kinoda xalq dardi oʻz maromida yoritilgan.
“Nafs”
Janr: melodrama, drama, fantastika
Rejissyor: Farrux Soipov
Rollarda: Shahzoda, Farrux Soipov, Ulugʻbek Qodirov, Munisa Rizayeva
Ishlab chiqilgan yil: 2011-yil
Abdurahmon togʻda yashaydigan oddiygina choʻpon yigit boʻlib, chiroyli va sadoqatli rafiqasi, kamtarona hayoti bor edi. Ammo u televizor koʻrishga juda ham berilgan va soatlab oynai jahon qarshisida oʻtiradi. Ekrandagi hayot uni oʻziga jalb etadi. Filmlar, kliplarni jonu dili bilan tomosha qiladi. U televizorda koʻrgan mashhur yulduz Samirga taqlid qila boshlaydi. Bir kuni u televizorda goʻzal bir qizni koʻrib qoladi va uni qattiq sevib qoladi. Oʻziga oʻzi “shu qizga erishish uchun qalbimni ham sotgan boʻlardim” deydi va shu soʻzlardan soʻng uning hayoti butunlay oʻzgarib ketadi.
“Poyga”
Janr: drama
Rejissyor: Abduvohid Gʻaniyev
Rollarda: Yigitali Mamajonov, Asal Shodiyeva, Matyoqub Matchonov, Shohida Ismoilova
Ishlab chiqilgan yil: 2013-yil
Shaharda paydo boʻlgan “uchar” laqabli poygachi qonunga zid ravishda avtopoygalar uyushtiradi. U bir oy ichida 2 ta kaptivani qoʻlga kiritadi. U qidiruvda boʻlib, uning yuzini hech kim koʻrmagan. “Uchar” juda beshafqat! U koʻplab avariyalar va insonlarning shikastlanishiga sababchi boʻladi. Bu hodisalar kapitan Botir Musayev hududida yuz beradi. Rahbariyat unga oʻz ishini eplay olmayotganini aytib, tanbeh beradi. Oʻz navbatida, Musayev qanday boʻlmasin, oʻsha “uchar” poygachini qoʻlga olishga ahd qiladi.
“Novda”
Janr: melodrama
Rejissyor: Zulfiqor Musoqov
Rollarda: Gʻofurjon Isaxonov, Rahshona Shodiyeva, Navroʻz Jumayev, Shahzoda Matchonova
Ishlab chiqilgan yil: 2015
Filmda qishloqda istoqamat qiladigan ahil bir oila va har bir aʼzoning alohida taqdiri hikoya qilinadi. Asosiy qahramon Rashid ilk muhabbatini uchratishi, doʻstlari bilan orzular qilishi fonida oʻrta va katta yosh krizislariga ham alohida ahamiyat berilgan. Filmda insoniy qadriyatlar tarannum etilgan.
“Majruh 2 yoxud Mister Amerika”
Janr: drama
Rejissyor: Bahrom Yoqubov
Rollarda: Sevara Soliyeva, Bahodir Murodov, Mirza Azizov, Xosiyat Husanova, Asqar Hikmatov
Ishlab chiqilgan yil: 2017-yil
Baxtiyor Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib oʻtgan boks janglarida qatnashib gʻolib boʻlgan mashhur bokschi, jahon chempioni! U hamma narsani pul bilan hal qilsa boʻladi, deb oʻylaydi. Parizoda esa, onasi vafot etgan va supermarketda ishlab, ukalarini oʻzi oyoqqa turgʻazayotgan mehnatkash qiz. Baxtiyor u ishlayotgan supermarketga kirib, yonida soʻm boʻlmagani uchun, oʻzicha dollarga narsa sotib olmoqchi boʻladi. Keyinchalik ular oʻrtasida bir qancha tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Bu borada tomonlar qanday yoʻl tutishini kinoni toʻliq tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin.
“Arslon izidan”
Janr: jangari, drama
Ssenariy muallifi: Zarina Shirinova
Rollarda: Aziz Rametov, Ulugʻbek Qodirov, Bekzod Tojiyev, Rustam Rixsibekov
Ishlab chiqilgan yil: 2017-yil
“Arslon” laqabli jinoyatchi Jaha qamoqda oʻz hayotini, oʻzining giyohvandlik va odam savdosiga qanday aralashib qolgani, qilgan jinoyatlari va achchiq qismati haqida hikoya qilib beryapti. U bilan hamkorlik qilgan Xan orqali, beshavqat yigit Aldamirni topgani va u orqali Oʻzbekiston hududiga taʼqiqlangan narkotik moddalar olib kirishga uringanlari, buning asosiy sababi, oʻgʻlining garovga olinganligini aytib oʻtadi. Ammo Aldamir u oʻylagan shaxs emasdi…
“Temur”
Janr: jangari
Rejissyor: Ayub Shahobiddinov
Rollarda: Alixan, Elyor Mahkamov, Behzod Muhammadkarimov, Mirza Azizov
Ishlab chiqilgan yil: 2018
Film voqealari xalqaro terrorizm va unga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar haqida hikoya qiladi. Kartinada vatanparvarlik, xoinlik, sadoqat tuygʻulari ilgari surilgan. Tasvirga olish ishlarining dastlabki qismi Jizzax viloyatida boʻlib oʻtgan.
“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi”
Janr: drama, tarixiy
Rejissyor: Yolqin Toʻychiyev
Rollarda: Sanobar Haqnazarova, Bahrom Matchanov, Ilmira Rahimjanova, Yulduz Rajabova
Ishlab chiqilgan yil: 2020
Film 1917-yilgi rus inqilobidan keyingi davrda yuz bergan fuqarolar urushi davrida Oʻrta Osiyon hududida joylashgan Oʻzbekistonning qishloq joylarida yuz beradi va bu holat ushbu mintaqadagi Rossiya mustamlakalariga tarqaladi. 1920-yilga kelib esa bolsheviklar kuchlari respublikani egallashda gʻalabaga yaqinlashayotgan vaziyatda edi.
“Evrilish”
Janr: drama, tarixiy
Rejissyor: Yolqin Toʻychiyev
Rollarda: Oʻlmas Oʻrayev, Bahrom Matchonov, Botir Abdurahmonov, Joʻrabek Arziyev, Ilmira Rahimjonova, Yulduz Rajabova
Ishlab chiqilgan yil: 2022
“Evrilish” filmi Afgʻoniston urushi haqida boʻlib, unda Gʻarb qarashlari boʻyicha yoritilgan xalqaro voqeliklar boshqa rakursda koʻrsatib berilgan. Asar qahramoni Rustam — Afgʻoniston urushiga chaqirilgan oʻzbekistonlik sovet askari. Rejissyor tarixiy voqea va shaxs taqdiri oʻrtasidagi munosabatga alohida eʼtibor beradi. Shuningdek, filmda Sovet Ittifoqining parchalanish tarixi, ulkan boylik orttirgan Rustam va uning tanishlari hayotidagi oʻzgarishlar hikoya qilinadi.
“Muhabbat bahori”
Janr: melodrama, biografik
Rejissyor: Ibrohim Rasulov
Rollarda: Hamza Hasanov, Shahnoza Hojimurodova, Shohida Ismoilova, Abdurayim Abduvahobov
Ishlab chiqilgan yil: 2022
Filmda ikki ijodkor - Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, hayot yoʻllari, ijodi, ayriliq, vafo, sadoqat tuygʻulari haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, ularning sof muhabbati, orzu va armonlari, Hamid Olimjon vafotidan keyin Zulfiyaxonimning ichki kechinmalari, umid va shijoatga toʻla hayot yoʻli oʻziga xos rakurslarda koʻrsatib berilgan.
“101-reys”
Janr: hujjatli, drama
Rejissyor: Akrom Shahnazarov
Rollarda: Hoshim Arslonov, Umid Iskandarov, Oleg Galaxov, Lola Eltoyeva
Ishlab chiqilgan yil: 2022
Film haqiqiy voqeaga asoslangan. 2001-yil 11-sentyabr kuni erta tongda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga tegishli Boeing 757 samolyoti Toshkentdan havoga koʻtarildi. Manzil Nyu-York shahri boʻlgan edi. Tajribali uchuvchi Zarif Saidazimov nafaqaga chiqishdan oldingi oxirgi parvoz uning faoliyatidagi eng qiyin parvoz boʻlishini hozircha bilmaydi.
“Londonlik kelin”
Janr: komediya
Rejissyor: Ahad Qayum
Rollarda: Ahad Qayum, Xosiyat Husanova, Umid Shodmonov, Mavluda Hikmatova
Ishlab chiqilgan yil: 2023-yil
Ona oʻgʻlini uylantirishini aytib, dugonalariga maqtanib qoʻygan. Ammo bitta yomon tomoni bor, hali kelin topilmagan. Toʻyxona ham, sana ham aniq. Bundan oʻgʻilning esa umuman xabari yoʻq. Shunda boʻlajak kuyovni koʻndirishga togʻasi kirishadi. Bosh rol ijrochisi Ahad Qayumni oldinda turli-tuman qiziqarli sarguzashtlar kutib turardi.
“Yakshanba”
Janr: drama
Rejissyor: Shokir Xoliqov
Rollarda: Abduraxmon Yusufaliyev, Roza Piyazova
Ishlab chiqilgan yil: 2023
Ushbu film pastgina soʻrili, paxsa devorlarida kashta, soʻzanalar ilingan, devorlarida tokchalari boʻlgan, borganimizda yangi sogʻilgan qaymogʻi olinmagan sutga non toʻgʻrab beradigan bobo buvilarimiz, bizning bolaligimiz haqida...Unda biz bolaligimizni koʻramiz, qishloqning oddiygina baxtli xonadonini koʻramiz. Ushbu film yangilanish davri va oʻtmish oʻrtasidagi kurash haqida.
“Abdulla Oripov”
Janr: drama, biografik
Rejissyorlar: Muzaffarxon Erkinov, Jahongir Karimov
Rollarda: Jasurbek Abdumannopov, Shodmonqul Salomov, Qudratilla Burxonov, Rayhon Asadova
Ishlab chiqilgan yil: 2023
Filmda Oʻzbekiston Qahramoni unvoni sohibi Abdulla Oripovning bolaligi, talabalik davri, ilk ijodiy yutuqlari, shoir sifatida shakllanish jarayoni va u orqali kechirgan hissiyotlari tasvirlanadi. Bundan tashqari filmda shoirning sevgisi, mashhurlikka erishish yoʻli, mashaqqatu qiyinchiliklarga qaramay ijoddan chekinmagani va AQSHda kechgan hayotining soʻnggi yillari ham oʻz aksini topadi.
“Bahodir Yalangtoʻsh”
Janr: tarixiy, jangari
Rejissyor: Jahongir Ahmedov
Rollarda: Behzod Muhammadkarimov, Boir Xolmirzayev, Tohir Saidov, Habibulla Nizomov
Ishlab chiqilgan yil: 2024
“Bahodir Yalangtoʻsh” filmida Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangtoʻshning hayot yoʻli va faoliyati hikoya qilinadi. Kartinada asosan, Yalangtoʻshning mohir harbiy sarkardaligi hamda uning saroyida boʻladigan fitnalarga urgʻu berilgan.
“Pandemiya”
Janr: drama, hujjatli
Rejissyor: Abu Tolib Adamqulov
Rollarda: Xurshid Toʻxtayev, Saidkomil Umarov, Matyoqub Matchonov, Aysanem Yusupova
Ishlab chiqilgan yil: 2024
Filmda koronavirus fojiasi fonida baʼzi taqdirlar koʻrsatiladi. Masalan, ikki sevishganning hayotini kasallik qanchalik oʻzgartirgani va qanday oqibatga olib kelgani, koronavirusga qarshi kurashish uchun masʼul shaxslarning ishdagi va shaxsiy hayoti qanchalik oʻzgargani, shuningdek, nafaqaga chiqqan shifokorning boshidan kechirganlari va boshqalar haqidagi har bir xikoya taʼsirlantiradi.