Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Jennifer Lopez Kaliforniyadagi yong‘inlar qurbonlariga o‘z garderobidagi kiyimlarni sovg‘a qildi
17.01.2025

Jennifer Lopez Kaliforniyadagi yong‘inlar qurbonlariga o‘z garderobidagi kiyimlarni sovg‘a qildi

Jennifer Lopez Kaliforniyadagi yong‘inlar qurbonlariga o‘z garderobidagi kiyimlarni sovg‘a qildi

Brend kiyimlar tabiiy ofat tufayli uyidan mahrum bo‘lgan yong‘in qurbonlari jamg‘armasiga yuborildi. Shuningdek, JLo Beauty kosmetika brendi mahsulotlari solingan qutilar ham jo‘natildi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jennifer Lopez Los-Anjelesdagi dahshatli yong‘inlardan zarar ko‘rganlarga o‘z garderobidagi kiyimlarni hadya qildi. “Page Six” nashrining xabar berishicha, gap “son-sanoqsiz” miqdordagi brend kiyimlar haqida ketmoqda.

“U qo‘shnilariga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda”, – deya ma’lum qildi Lopezga yaqin bo‘lgan tanishlar.

Shuningdek, bu tanishining so‘zlariga ko‘ra, pop-yulduz faqat kiyimlarini emas, balki adyollar va farzandlari kiyib yurgan bolalar kiyimlarini ham hadya qilgan. Bunga qo‘shimcha tarzda, JLo Beauty brendining kosmetika mahsulotlari solingan qutilar ham yuborilgan.

Jennifer Lopez garderobini bo‘shatayotgan bir paytda, boshqa yulduzlar Kaliforniyadagi yong‘in qurbonlariga mablag‘ ajratmoqda. Masalan, aktyor Leonardo Di Kaprio o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etish jamg‘armasiga $1 million xayriya qilgan. Qo‘shiqchi Beyonse esa BeyGOOD Foundation jamg‘armasiga $2,5 million, Selena Gomez esa $5 million ajratgan.

Shuningdek, mashhur Peris Hilton ham $100 mingni yosh bolali oilalarga xayriya qildi. Aytgancha, yulduzning o‘zi ham yong‘indan zarar ko‘rgan va uyidan ayrilgan mashhurlar ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.