верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Eng yupqa iPhone g‘ilofidan quvvat olishi mumkin — The Information
08.05.2025

Eng yupqa iPhone g‘ilofidan quvvat olishi mumkin — The Information

Eng yupqa iPhone g‘ilofidan quvvat olishi mumkin — The Information

Asosiy sabab qalinligi atigi 5,5 millimetr bo‘lgan yupqa qurilmadagi kuchsiz batareya muammosini hal qilish hisoblanadi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Eng yupqa iPhone g‘ilofidan quvvat olishi mumkin. Bu haqda Apple kompaniyasidagi manbalariga tayanib The Information nashri xabar berdi.

Chiqishga tayyorlanayotgan iPhone 17 Air smartfoni Smart Battery Case aksessuari — maxsus akkumulyator o‘rnatilgan g‘ilofdan quvvat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ishlab chiquvchilar bu chorani qo‘llashga majbur bo‘ldilar, chunki iPhone 17 Air’ning atigi 5,5 mm bo‘lgan rekord darajada yupqa korpusi qurilmaning odatiy ishlash muddatini qisqartiradi.

Ichki sinovlar shuni ko‘rsatdiki, foydalanuvchilarning faqat 60−70%i kunning oxirigacha qurilmani quvvatlamasdan foydalana oladi, boshqa modellarda esa bu ko‘rsatkich 80−90%ni tashkil etadi.

Bundan tashqari, iPhone 17 Air’ga faqat bitta dinamik va bitta kamera sig‘adi, jismoniy SIM-kartalar uchun mo‘ljallangan joy esa eSIM uchun bo‘shatiladi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.