1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Faqatgina Labubu emas – dunyoni telba qilgan afsonaviy o‘yinchoqlar seriyalari
16.07.2025

Faqatgina Labubu emas – dunyoni telba qilgan afsonaviy o‘yinchoqlar seriyalari

Faqatgina Labubu emas – dunyoni telba qilgan afsonaviy o‘yinchoqlar seriyalari

Momiq o‘yinchoqlar jazavasi, vinil o‘yinchoqlar ishtahasi — bugungi kunda o‘yinchoqlar endi faqat bolalar o‘yin-kulgusi uchun emas. Ular global fenomenlarga aylangan, navbatlar, birja sakrashi va har qanday yoshdagi kolleksionerlarda chin dildan ehtiros uyg‘otishga qodir. Hozir butun dunyo yoqimtoy, ammo biroz qo‘rqinchli Labubu uchun aqldan ozayotgan bir paytda, keling, sanoatni ag‘dar-to‘ntar qilgan va yuraklarni tez urdira olgan boshqa mashhur o‘yinchoq seriyalarini ham eslaylik.

Dunyoni zabt etgan TOP 5 ta afsonaviy o‘yinchoq seriyasi + Labubu

Labubu – ulkan qalbga ega kichkina monster

Kelib chiqishi: Xitoy

O‘ziga xos jihati: sho‘x, yoqimtoy va biroz yovvoyi

POP MART Original - Labubu The Monsters Have A Seat Whole set V2 – Products  by Nordvik ENK

Labubu haqida biz avval ham yozganmiz, lekin qisqacha aytganda, bu oddiy o‘yinchoq emas, balki turmush tarzi. Rassom Kasing Lung tomonidan Pop Mart bilan hamkorlikda yaratilgan bu quloqlari katta, beparvo tabassumli monster kollektsion yopiq qutilar (blind box) yulduziga aylangan. Har bir figuracha — kutilmagan sovg‘a. Seriyalar orasida pirat uslubi ham, zombi mavzusi ham bor. Noyob variantlar esa yuzlab, hatto minglab dollarga sotiladi. Hatto Rihanna ham o‘z sumkasiga Labubu brelok osgan!

Funko Pop! – kvadrat boshlar va pop-madaniyat ifodasi

Kelib chiqishi: AQSh

O‘ziga xos jihati: ayiq shaklidagi san’at obekti

Deadpool - Deadpool & Wolverine Pop! Vinyl | Funko Europe

Funko Pop! — go‘yo butun pop-madaniyatni bitta tokchaga joylashtirgandek. Kino, musiqa, videoo‘yinlar va hattoki memlar yulduzlari katta boshli, qop-qora ko‘zli figurchalarga aylangan. Ularning kolleksiyasi deyarli cheksiz: Garri Potterdan tortib Freddi Merkyurigacha. Ularning narxi demokratik, keng doirada mavjud, lekin eng noyoblari minglab dollarga boradi.

Bearbrick – kattalar uchun ayiqchalar

Kelib chiqishi: Yaponiya

O‘ziga xos jihatiayiq shaklidagi san’at obyekti

Supreme Bearbrick + Outlet Supreme Court Most Important Cases

Bearbrick — bu shunchaki o‘yinchoq emas, balki san’at installyatsiyasi. Ko‘rinishi oddiy, lekin unda hamma narsa: Chanel, Nike kabi brendlar bilan hamkorlik, Van Gog asarlari nusxalari bor. O‘lchamlari mittidan ulkanigacha, va kolleksionerlar ularni mehmonxonaga dizayn elementi sifatida qo‘yadilar. Ba’zi Bearbrick figuralari faqat yopiq auksionlarda sotiladi. Bu o‘yinchoqlarni hatto rossiyalik reper Timati ham yig‘adi!

LEGO Minifigures – g‘ishtchalar madaniyati va mini qahramonlar

Kelib chiqishi: Daniya

O‘ziga xos jihaticheksiz xilma-xillik va orzular yig‘masi

LEGO Minifigures Series 25 71045 – Complete Collection of 12 Different LEGO  Minifigures Guaranteed – Supplied in Grip Seal Bags Without Boxes | The  Minifigure Store

LEGO endi oddiy konstruktordan ko‘ra ko‘proq narsaga aylangan. 2010-yildan boshlab chiqarila boshlangan Minifigures seriyasi esa haqiqiy hitga aylandi. Har bir figuraning o‘ziga xos obrazi, aksessuari va hikoyasi bor. Kolleksion seriyalar: yirtqichlar, jangchilar, superqahramonlar va tarixiy shaxslar. Yopiq paketlarda yashirin holatda bo‘lishi esa LEGO sehrining bir qismi sanaladi.

L.O.L. Surprise! – glamurli o‘yinchoqlar va wow-effekt

Kelib chiqishi: AQSh

O‘ziga xos jihati: ko‘p bosqichli o‘rash, uslub va sirli yondashuv

Кукла ЛОЛ LOL Surprise Confetti Under Wraps 542103 bкупить в Минске, цена

Bu qo‘g‘irchoqlar virus kabi tarqalgan. Har bir L.O.L. Surprise! — oddiy o‘yinchoq emas, balki butun bir shou. Qizaloqlar (va nafaqat!) har bir qatlamni ochib, ichidan sirli maslahatlar, kiyimlar, aksessuarlar va nihoyat o‘ziga xos qo‘g‘irchoq topadilar. Seriyaning muvaffaqiyati qo‘g‘irchoqlarda emas, balki butun bir tajriba ssenariysida. Ba’zi cheklangan versiyalar esa kolleksionerlar uchun haqiqiy xazinadir.

Sylvanian Families – qulaylik va retro nostalgiya

Kelib chiqishi: Yaponiya

O‘ziga xos jihati: yoqimli hayvonlar, vintaj tajriba, retro ichki dizayn

The Rarest Sylvanian Families Figurines and Sets Of All-Time - Newsweek

Bu kichik hayvonlar retro uslubdagi kiyimlarda ko‘pchilik avlodlarida nostalgiya uyg‘otadi. Quyon, yenot va tipratikan oilalari chiroyli uychalarda yashaydi, ularda do‘kon, maktab, kafe bor. Bu o‘yinchoqlar yuqori sifat, nozik detallar va iliq atmosferasi bilan mashhur. Ularni ruhan tinchlantiruvchi, raqamli shovqinga qarshi haqiqiy “antidot” deyish mumkin!

Hozirgi zamonda hissiyotlar mantiqdan qimmatroq bo‘lib qolgan bir paytda, o‘yinchoqlar madaniyat, xotira va hattoki san’atning bir qismiga aylanyapti. Labubu va uning raqibi Vakuku — bu fenomenning yangi namunasi xolos. Aslida esa, Funko, Bearbrick, LEGO, L.O.L., Sylvanian har biri o‘ziga xos sehrga ega.

Yoshingiz 6 yoki 36 bo‘ladimi — biror kun kelib kichik bir o‘yinchoq yuragingizni o‘g‘irlab ketishi hech gap emas. Shunday ham bo‘lgan — jumladan, Mattel tomonidan yaratilgan inklyuziv Barbi kolleksiyalari millionlab qalblarni zabt etgan. Ularga bir nazar soling — ular o‘ziga xos tarzda ajoyib!

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.