Алиса со скидкой (верхний)
РУ
O’Z
UZS
/
/
26-28-noyabr kunlari hafta oʻrtasida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: nisbatan sovuq va shamolli boʻladi
25.11.2024

26-28-noyabr kunlari hafta oʻrtasida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: nisbatan sovuq va shamolli boʻladi

26-28-noyabr kunlari hafta oʻrtasida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: nisbatan sovuq va shamolli boʻladi

“Oʻzgidromet” joriy ish haftasining oʻrtasida respublika boʻylab qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi. Harorat biroz sovuq boʻlishi va bulutli kunlar koʻpayishi kutilmoqda.

image

Yangi yilga eng yaxshi sovg‘ani topdik. BU NIMA?

icon
Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Havo biroz bulutli boʻladi, 26-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-28-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 26-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-28-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 26-27-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin . Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 27-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 28-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 26-27-noyabrda 2-7° iliq, 28-noyabrda 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 26-27-noyabrda 17-22° iliq, 28-noyabrda 15-20° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.  Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 26-27-noyabrda 10-15° iliq, 28-noyabrda 12-17° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.