1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Messi faoliyatidagi eng zo‘r goli qaysi ekanini aytdi
23.05.2025 (yangilandi 23.06.2025)

Messi faoliyatidagi eng zo‘r goli qaysi ekanini aytdi

Messi faoliyatidagi eng zo‘r goli qaysi ekanini aytdi

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi jahon futbolida raqiblar darvozasini eng ko‘p ishg‘ol qilgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

Lionel Messi bu golini 2008-2009 yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi finalida “Manchester Yunayted” darvozasiga kiritgan ekan. O‘sha bahs kataloniyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

“Men juda ko‘r gol urganman, balki ularning orasida juda chiroyli va ahamiyati jihatidan qadri yuqori bo‘lganlari ko‘pdir. Biroq Chempionlar ligasida “Manchester Yunayted” darvozasiga bosh bilan urgan golim har doim men uchun eng yaxshisi bo‘lib qolaveradi”, — dedi Lionel Messi.

Messi o‘sha uchrashuvda afsonaviy darvozabon Edvin van der Saar darvozasini 70-daqiqada boshi bilan ishg‘ol qilib, g‘alabani mustahkamlaga edi. O‘sha turnirda argentinalik yulduz 12 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘qqizta gol va beshta assist muallifi bo‘lgan.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.