Foto: O‘zbekistonlik futbolchilarning BAAga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotlari


O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining 9-tur doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan navbatdagi mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Gazeta ushbu mashg‘ulotlardan fotogalereya tayyorladi.
Temur Kapadze shogirdlari jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qilgan Eron terma jamoasi safiga qo‘shilib, o‘z tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun BAAdan mag‘lubiyatga uchramasa yetarli.
Tarixda ikkinchi bor jahon chempionatiga chiqishga intilayotgan BAAning u yerga borish uchun hali ham matematik imkoniyati bor, shu bois ular O‘zbekiston terma jamoasining bayramini hech bo‘lmaganda kechiktirishga harakat qiladi. Bo‘lajak o‘yinda jamoani ilk bor ruminiyalik murabbiy Kosmin Olariu boshqaradi.
Uchrashuv Abu Dabidagi “Al Nahyan” stadionida 5-iyun kuni soat 21:00 da boshlanadi.





