Gay Richi “Yoʻl boʻyidagi uy” filmining davomini suratga oladi


Jeyk Jillenxol yana bosh rolni oʻynaydi va sobiq UFC jangchisi Elvud Dalton roliga qaytadi. Shuningdek, kinokartinada Konor Makgregor ham yana rol oʻynashi mumkin.
2024-yilda “Road House” jangari filmi muvaffaqiyatli tarzda qayta ishga tushirilgandan so‘ng Amazon MGM Studios filmning davomi ham suratga olinishini e’lon qilgandi.
Qayd etilishicha, sikvelni “Lock, Stock and Two Smoking Barrels” va “Snatch” filmlari bilan tanilgan britaniyalik rejissyor Gay Richi suratga oladi.
Oldinroq rejissyorlik kursini Dag Liman egallashi kerak edi, biroq u Amazon bilan original filmning kinoteatrlarda namoyish etilmagani bo‘yicha boʻlgan kelishmovchilikdan so‘ng oʻz oʻrnini tark etdi.
Jeyk Jillenxol yana bosh rolni oʻynaydi va sobiq UFC jangchisi Elvud Dalton roliga qaytadi. Aktyor loyihada prodyuser sifatida ham ishtirok etadi.
Hozirda syujet tafsilotlari sir saqlanmoqda, biroq Konor MakGregorning personaji Noks yana filmda koʻrinish berishi mumkin. Kinokartinaning suratga olish ishlari boshlanish sanasi va premyera kuni ham e’lon qilinmagan.