верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Atalanta” “Roma”dan ustun keldi. Eldor Shomurodov 85 daqiqa harakat qildi
13.05.2025

“Atalanta” “Roma”dan ustun keldi. Eldor Shomurodov 85 daqiqa harakat qildi

“Atalanta” “Roma”dan ustun keldi. Eldor Shomurodov 85 daqiqa harakat qildi

Italiya A Seriyasi 36-turi doirasidagi “Atalanta” — “Roma” bahsi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin o‘tgan bahsda bergamoliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Uchrashuvdagi hisob 9-daqiqada mezbonlar futbolchisi Ademalo Luqmon tomonidan ochilgan bo‘lsa, 32-daqiqada rimliklar tablodagi natijani tenglashtirdi. Gol muallifi — Barayan Kristante.

Bahsning dastlabki bo‘limi 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi taym ham qizig‘in boshlandi. Har ikki jamoa ham navbatma-navbat xavfli hujum uyushtirdi. 76-daqiqaga kelib “Atalanta” hisobda oldinga chiqib oldi. Ibrohim Sulaymon Mile Sivilar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Mazkur natija uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va “Atalanta” 3 ochkoga ega chiqdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 85-daqiqada zaxiraga olindi. Futbolchi uchrashuvda faol harakat qildi, lekin na gol, na assist muallifiga aylandi. Shomurodov Flashscore portali tomonidan 6,6 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Sofascore o’zbekistonlik futbolchining harakatlarini 7,0 ball bilan baholadi.

Ta’kidlash kerakki, “Atalanta” “Roma”ning A Seriyadagi 19 ucharshuvlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi.

Mazkur natijadan keyin Bergamo klubi 71 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, rimliklar 63 ochko bilan 6-o‘ringa tushib ketdi. 

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.