РУ
O’Z
UZS
/
/
Geely Oʻzbekiston bozoriga 2025-yilda kirishni rejalashtirmoqda
08.11.2024

Geely Oʻzbekiston bozoriga 2025-yilda kirishni rejalashtirmoqda

Geely Oʻzbekiston bozoriga 2025-yilda kirishni rejalashtirmoqda

Bungacha Xitoy kompaniyasi mamlakatda tadqiqot va sinov jarayonlarini oʻtkazadi. Chuqur oʻrganishlar asosida brend oʻz avtomobillarini taqdim etadi.

Xitoyning Geely avtomobil brendi Oʻzbekiston bozoriga kirishga faol tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Rasmiy taqdimot 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Geely Autoʼning aniqlik kiritishicha, bu kelasi yilning ikkinchi choragiga belgilanishi mumkin.

Bungacha kompaniya tomonidan Oʻzbekistonda bir qator bozor tadqiqotlari va “test drayv” oʻtkazish belgilangan. Jarayon, jumladan, xorijiy bozorlar uchun moʻljallangan barcha modeldagi avtomobillarning turli hajmlarini, shuningdek, yangi elektromobillar va gibrid avtomobillarni qamrab oladi.

Isteʼmolchilarning ehtiyojlari chuqur oʻrganilganidan soʻng, Geely mamlakatda oʻz avtomobillarini taqdim etadi. Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan modellar Rossiya, Belarus va Qozogʻiston kabi mamlakatlardagi isteʼmolchilar tomonidan yuqori baholangan.