03.05.2025
(yangilandi 03.05.2025)
Nikina Evanescence’ning rok qo‘shig‘ini o‘zbekchada kover qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Nikina va The Hooligans rok guruhi Evanescence’ning “Bring Me To Life” qo‘shig‘ini o‘zbekcha talqinda ijro etdi.
Ushbu taronadan fragment 1-may kuni Nikinaning Instagram’dagi sahifasiga joylangan va hozirgacha 160 ming martadan ko‘proq tomosha qilingan.
Qo‘shiqning o‘zi 3-may kuni YouTube’dagi Zvuuuk kanalida e’lon qilindi. Uni hozirgacha qariyb 400 kishi tinglagan va deyarli 100 kishi videoklipga layk bosgan.
Foydalanuvchilar ushbu qo‘shiq barcha platformalarda bo‘lishga haqli ekanini yozmoqda. Buning uchun Evanescence’ning yozma roziligi talab etiladi. Hozircha bu haqda ma’lumot yo‘q.