верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentdagi koʻchalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi mumkin
07.02.2025

Toshkentdagi koʻchalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi mumkin

Toshkentdagi koʻchalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi mumkin

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov Turkiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Shavkat Umrzoqov oʻzbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini, bu davlatlar rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini taʼkidladi hamda bunda turk diplomatik korpusining ham xizmatini eʼtirof etdi.

Mehmon qabul uchun minnatdorlik bildirib, uning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini maʼlum qildi hamda avval muhokama qilingan masalalar — Turk maktabini kengaytirish, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent koʻchalaridan biriga berish hamda Toshkent shahrida Turk bogʻini tashkil etish boʻyicha oʻz mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida taraflar oʻzaro muloqotni davom ettirish hamda har ikki davlat uchun manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.