Yorgos Lantimos faoliyatida tanaffus qilishga qaror qildi
Yunonistonlik rejissyor Yorgos Lantimos (“Lobster”) ijodiy faoliyatida tanaffus olishga tayyorligini ma’lum qildi.
So‘nggi uch yil ichida rejissyor uchta film suratga oldi: “Bechora baxtsizlar”, “Mehr turlari” va “Bugoniya”.
“Men endi bunday davom ettira olmayman [kuladi]. Menga tanaffus kerak deb o‘ylayman. Men buni avvalgi uchta film orasidagi tanaffuslarda ham aytganman, lekin hozir jiddiy ravishda shunday fikrdaman. Shubha qilmay qo‘ya qolsangiz ham bo‘ladi”, — dedi Lantimos Collider nashriga bergan intervyusida.
Emma Stoun ishtirokidagi “Bugoniya” shu hafta AQShda namoyishga chiqdi. Film 2003-yilgi Koreya ilmiy-fantastik kartinasi “Yashil sayyorani qutqaring!”ning qayta ishlangan varianti hisoblanadi. Kino Venetsiya kinofestivali tanlovida ishtirok etdi va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi.