верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Give Me Sport dunyoning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi
30.06.2025

Give Me Sport dunyoning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi

Give Me Sport dunyoning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi

Buyuk Britaniyaning mashhur nashri — Give Me Sport hozirgi vaqtda dunyodagi eng kuchli futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingda birinchi o‘rin “Barselona” klubi qanot hujumchisi Lamin Yamalga nasib etdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Ikkinchi o‘rinni “Pari Sen-Jermen” futbolchisi Usmon Dembele egalladi. Kuchli uchlikni esa “Liverpul” jamoasining yulduz forvardi Muhammad Saloh yakunladi. “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe to‘rtinchi pog‘onaga joylashtirildi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

TOP-10 eng yaxshi futbolchilar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Lamin Yamal (“Barselona”)
  2. Usmon Dembele (“PSJ”)
  3. Muhammad Saloh (“Liverpul”)
  4. Kilian Mbappe (“Real Madrid”)
  5. Rafinya Dias (“Barselona”)
  6. Harri Keyn (“Bavariya”)
  7. Robert Levandovski (“Barselona”)
  8. Vinisius Junior (“Real Madrid”)
  9. Pedri (“Barselona”)
  10. Jud Bellingem (“Real Madrid”)

Shuningdek, Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi reytingda 11-o‘rinni egallagan. “Manchester Siti”ning norvegiyalik forvardi Erling Holand esa 14-pog‘onadan joy olgan. Shu bilan birga, “PSJ” bilan to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritgan va hozirda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan Xvicha Kvaratsxeliya 24-o‘ringa joylashtirilgan.

Qayd etish joizki, yaqinda Portugaliya terma jamoasi bilan Millatlar Ligasida chempion bo‘lgan Krishtianu Ronaldu ushbu reytingning ilk 25 taligiga kiritilmadi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.