/
/
Xiaomi Lamborghini uslubidagi yangi flagman smartfonini eʼlon qildi
18.07.2024

Xiaomi Lamborghini uslubidagi yangi flagman smartfonini eʼlon qildi

Redmi K70 Ultra asosiy modeli va smartfonning “poyga” versiyasi taqdimoti 2024-yil 19-iyulda Xiaomiʼning yirik tadbirida oʻtkazilishi kutilmoqda. Biroq kompaniya taqdimot oldidan qurilmani onlayn tarzda rasman namoyish etishga qaror qildi.

Xiaomi Lamborghini uslubidagi yangi flagman smartfonini eʼlon qildi

Xiaomi oʻzining Redmi K70 Ultra flagman smartfonini Lamborghini Editionʼda chiqarilishini eʼlon qildi. Bu haqda iXBT portali xabar bermoqda.

Redmi K70 Ultra asosiy modeli va smartfonning “poyga” versiyasi taqdimoti 2024-yil 19-iyulda Xiaomiʼning yirik tadbirida oʻtkazilishi kutilmoqda. Biroq kompaniya taqdimot oldidan qurilmani onlayn tarzda rasman namoyish etishga qaror qildi.

Smartfon Lamborghini Huracan Super Trofeo EVO2 trek superkaridan ilhomlangan noyob dizaynga ega boʻladi. Redmi K70 Ultraʼning ushbu versiyasi ikki rangda — yashil va toʻq sariq rangda boʻladi. Qurilmaning orqa paneli Lamborghini logotipi bilan bezatilgan va kamera blokining noodatiy shakliga ega.

Qurilma avtomobil uslubidagi gʻilof, quvvatlash vositasi va boshqa aksessuarlar bilan birga keladi. Maʼlumki, Redmi K70 Ultra flagman MediaTek Dimensity 9300+ chipi, 1,5K oʻlchamli va 144 Gts yangilanish tezligiga ega OLED-ekran, 50 MP Sony IMX906 sensorli asosiy kamera, 5500 mA/soat akkumulyatorga ega boʻladi.