Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Samokat va skuterlarda qoidani buzganlik uchun jarima miqdorlari tasdiqlandi
29.10.2024

Samokat va skuterlarda qoidani buzganlik uchun jarima miqdorlari tasdiqlandi

Samokat va skuterlarda qoidani buzganlik uchun jarima miqdorlari tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq kiritilgan oʻzgartirishlarni tasdiqladi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Unga koʻra, skuterlar va individual harakatlanish vositalarida (IHV) (elektr samokatlar, segveylar, unitsikllar va monogʻildiraklar kabilar), mopedlar hamda ulovli aravani boshqarish huquqbuzarlik sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

Yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmaslik va belgilanmagan joylarni kesib oʻtish (138-modda) BHMning 1/3 qismi (125 000 soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. IHV yoki skuterni yoʻlovchilar bilan yoki farasiz boshqarganlik uchun BHMning 50%i (187 500 soʻm) miqdorida jarima qoʻllaniladi.

Mast holda IHV va skuterlarni boshqargan shaxslar BHMning uch baravari (1,125 000 soʻm) miqdorida jarimaga tortiladi. Ularni tekshiruvdan oʻtkazishga boʻyin tovlaganliklari uchun ham xuddi shunday jarima belgilangan (136-modda).

Agar fuqaro oʻzi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga eʼtiroz bildirmasa hamda unga joyning oʻzida solinadigan jarima miqdori BHMning 50%idan oshmasa, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy bayonnoma, jarima miqdoridan qatʼi nazar, tuziladi, bundan foto va videoyozuvga olingan holatlar mustasno.

Shuningdek, foto va video qayd etish vositalaridan foydalangan holda aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish majburiyati ham belgilab qoʻyilgan. Agar bunday qoidabuzarlik haqidagi maʼlumot vakolatli shaxsga 48 soat ichida joʻnatilmasa, haydovchi javobgarlikka tortilmaydi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.