верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
Yarim yillikda Yandex Go haydovchilari va kuryerlari O‘zbekistonda 340 mln dollar daromad ko‘rdi
04.07.2025

Yarim yillikda Yandex Go haydovchilari va kuryerlari O‘zbekistonda 340 mln dollar daromad ko‘rdi

Yarim yillikda Yandex Go haydovchilari va kuryerlari O‘zbekistonda 340 mln dollar daromad ko‘rdi

2024-yil davomida O‘zbekistonda Yandex Go ekotizimida faoliyat yuritgan haydovchi, kuryer va hamkorlar umumiy hisobda $530 million daromad topdi. Bu haqda Yandex Uzbekistan’ning davlat organlari bilan hamkorlik bo‘yicha direktori Sardor Qodirov o‘z Telegram kanalida ma’lumot berdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Unga ko‘ra, joriy yilning birinchi olti oyida daromad $340 millionga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizdan ziyod o‘sish qayd etilgan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Qodirov ta’kidlashicha, bu raqamlar Yandex Go tizimidagi Taksi, Yetkazib berish, Yandex Ovqat va Lavka xizmatlaridan tushgan buyurtmalar asosida shakllangan bo‘lib, komissiyalar chiqarib tashlangan sof daromadni aks ettiradi.

2025-yil iyun holatiga ko‘ra, Yandex Go ekotizimida 179 ming haydovchi va 49 ming kuryer faoliyat yuritmoqda. Kompaniya kundalik 7–8 soat ishlaydigan ijrochilar soni oshib borayotganini qayd etdi.

Shuningdek, 2-iyuldan boshlab agregator xizmatlar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi va kuryerlar uchun soliq to‘lovini amalga oshirishni boshladi. Endilikda yillik daromadi 100 million so‘mdan ortiq bo‘lgan bunday ijrochilarning soliqlari avtomatik tarzda ushlab qolinib, Soliq qo‘mitasiga o‘tkaziladi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.