21.07.2025
O‘zbekistonda dushanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Bugun, 21-iyul kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 38-43°, janubda ba’zi joylarda 44-45° gacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.