наушники со скидкой (верхний)
РУ
O’Z
UZS
/
/
Himoya uchun stress-testi. “Real Madrid”ning birinchi o‘yinini asosiy o‘ng va markaziy himoyachilarsiz tomosha qilamiz
20.11.2024 (yangilandi 21.11.2024)

Himoya uchun stress-testi. “Real Madrid”ning birinchi o‘yinini asosiy o‘ng va markaziy himoyachilarsiz tomosha qilamiz

Himoya uchun stress-testi. “Real Madrid”ning birinchi o‘yinini asosiy o‘ng va markaziy himoyachilarsiz tomosha qilamiz

“Real Madrid”ning mavsumi yanada yomonlashib bormoqda. Chempionlar ligasidagi ayanchli natijalar, “Barselona”dan mag‘lubiyat, asosiy himoyachilarning jarohati – aftidan, Karlo Anchelotti ishdan bo‘shatilish arafasida. Qolaversa, “Leganes” bilan o‘yin klubga yangi noxush holatlargaozmi-ko‘pmi moslashishni boshlash imkonini beradi.

image

Yangi yilga eng yaxshi sovg‘ani topdik. BU NIMA?

icon

Setanta Sportsda qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, sport voqealarini tomosha qiling! Qurilmangizda bir vaqtda to‘rttagacha voqea!

Qirollik klubi mavsumni og‘ir boshladi va hatto noyabr oyida ham aziyat chekishda davom etmoqda. Jamoa rahbariyati va muxlislar bir necha yil kutgan transfer Kilian Mbappe asosan futbolchining familiyasi yozilgan futbolkalarni sotish bilan band bo‘lmoqda - u hali ham “Real” o‘yiniga astoydil kirishganicha yo‘q.

Hujumchi markaziy hujumchi pozitsiyasida qiynalmoqda yoki juda yaxshi ko‘rinishda kelgan Viniciusning harakatlarini takrorlagan holda sevimli chap qanotga o‘tadi va adekvat  bosimda va ayniqsa himoyada ishtirok etishdan bosh tortadi. Ha, Kilian gollari bilan (asosan, penaltilar seriyasida) ajralib turishga ulgurdi, lekin ba’zida hatto yosh Endrik ham maydonga nisbatan tez-tez chiqqan holda jamoaga ko‘proq foyda keltiradigandek tuyuladi.

Ammo bu ham eng qo‘rqinchli emas: “sariyog‘larning ikkinchi mavsumida asosiy o‘yinchilarni og‘ir jarohatlar ta’qib qilmoqda. O‘tgan xalqaro tanaffus arafasida jamoa sardori va yetakchilaridan biri Dani Karvaxalning xochsimon paylari yorilib ketdi. O‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida uning o‘rnini risoladagidek bo‘lmasa-da, sobiq vinger, bir yildan buyon fulbek o‘ynayotgan, ammo yaqinda jarohat olgan Lukas Vaskes egalladi. Jamoa o‘yinlari uchun joriy tanaffusdan oldin esa xuddi shunday jarohatdan endigina tuzalib, o‘zini bellashuvga tiklay boshlagan Eder Militaoning ham xochsimon paylari shikat yegan edi.

Shunday qilib, “Real”da yuqori darajadagi o‘ng qanot himoyachisi mutlaqo yo‘q va faqat bitta asosiy markaziy himoyachi bor xolos. Karlo Anchelottining buni bilgan holda yoshlarga ishonishi dargumon: o‘ng qanotda to‘xtovsiz yarim himoyachi Fede Valverdi, himoya markazida esa himoyachi Orelen Tchuameni harakatlanadi. Shu bilan birga, yosh Arda Gyuler yoki faxriy Luka Modrich yoki minimal o‘yin tajribasiga ega Dani Sebalos joylashadigan maydon markazi bo‘shab qoladi - bu katta o‘yinlar uchun yetarlicha xavotirli rejadir.

Eng yaxshi futbol voqealarini Setanta Sports va setantasports.com saytida tomosha qilishingiz mumkin. Platforma bir vaqtning o‘zida Multiview funksiyasi bilan to‘rttagacha o‘yinni tomosha qilish imkonini beradi.

Shunday bo‘lsa-da, “Legans”ga nisbatan hurmatga qaramay, bu klub bilan o‘yinni katta deb bo‘lmaydi. Madrid chekkasidagi jamoa asosan grand maqomidan uzoq bo‘lgan raqiblar bilan o‘yinlarda o‘zining eng yaxshi to‘purari Xuan Krusga tayanib, hujum qilishni yaxshi biladi. Shu bilan birga, klub 13 turda 16 ta gol o‘tkazib yubordi.

Nima bo‘lganda ham, bu o‘yin egasiz qolgan “Madrid” mudofaasining birinchi sinovi va eng qiyin vaziyatda yechim topishi kerak bo‘lgan Karlo Anchelotti uchun katta stress-test bo‘ladi. Hatto sog‘lom himoyachilar bilan ham klub bu mavsumda ko‘pincha juda oddiy va to‘g‘ri hujumlarni o‘tkazib yubordi - yangi tarkibda o‘ynaganda, shubhasiz, birinchi o‘yinlar yetarlicha asabiy kechadi. Agar La Liganing 14-qatoridan joy olgan jamoa ham bir-ikki gol ko‘rinishidagi “yoqimli” muammolarni ta’minlay olsa, ajablanmasak ham bo‘ladi.

Biroq bu jangda baribir “Real” g‘alaba qozonishi kerak. Hatto jarohatlangan Rodrigo va o‘zini topa olmayotgan Mbappe bo‘lmasa-da, klub hujumi qudratli - birgina Vinicius farqni ta’minlashga qodir, buni u bir necha bor isbotlagan ham.

Qayta yig‘ilgan “Real” harakatlarini 24-noyabr, yakshanba kuni soat 22.30 da Setanta platformasida kuzatish mumkin bo‘ladi.

Setanta Sportsda qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, sport voqealarini tomosha qiling! Qurilmangizda bir vaqtda to‘rttagacha voqea!

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Yangi Shop Tashkent

map-pin

Малика, магазин 6а

Sotuvchi
phone

+998901777516

telegram-logo

@yangishoptashkent

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.