Yangi Navoiy qurilishi boshlandi
Loyiha prezidentning “Respublika hududlarida Business city zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda 450 gektar hudud quriladi, shaharchaning umumiy maydoni 1098 gektarni tashkil etadi.
Navoiyda Yangi Navoiy qurilishi boshlangani eʼlon qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha prezidentning “Respublika hududlarida Business city zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda 450 gektar hudud quriladi, shaharchaning umumiy maydoni 1098 gektarni tashkil etadi.
Loyihadan koʻzlangan maqsad biznes va investitsiyalarni jalb qilishning yangi markaziga aylanadigan rivojlangan infratuzilmaga ega zamonaviy shaharni yaratishdan iborat. Yangi Navoiy hududida koʻp qavatli uylar, biznes markazlari, turar-joy binolari, istirohat bogʻlari, sunʼiy koʻl, katta kutubxona barpo etish rejalashtirilgan.
Bunday keng koʻlamli qurilishlar Navoiy shahrining meʼmoriy qiyofasini yaxshilash, yangi ish oʻrinlari yaratish, mahalliy aholi turmush darajasini oshirish imkonini beradi. Loyihani amalga oshirish uchun “Yangi Navoiy shahar biznes markazi direksiyasi” maxsus davlat muassasasi tashkil etildi. Qurilish 2040-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan.