1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Hojimat Erkinov yana “Paxtakor” safida
15.07.2025

Hojimat Erkinov yana “Paxtakor” safida

Hojimat Erkinov yana “Paxtakor” safida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qaytdi. Klub matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, u “sherlar” bilan 1,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Erkinov “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2022-yilda Toshkent klubidan Rossiyaning “Torpedo Moskva” jamoasiga transfer qilingan edi. Ammo u Moskvada muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmadi va 2023-yilda ijara asosida “Paxtakor”ga qaytgan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

2024-yil yozida futbolchi “Torpedo” safini tark etib, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klubiga yo‘l oldi. Bu transfer evaziga amirliklar jamoasi “Torpedo”ga 300 ming yevro to‘lov amalga oshirgan.

Iyul oyi boshida Erkinovning “Al-Vahda” bilan shartnomasi yakunlandi va u erkin agent sifatida yana “Paxtakor” jamoasiga qo‘shildi. U bungacha klub safida 75 o‘yinda ishtirok etib, 17 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 1,5 million yevroga baholagan.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.