“Uensdey” serialining 2-mavsumi premyera sanasi ma'lum boʻldi


Netflix Jenna Ortega bosh rolni ijro etgan “Uensdey” serialining ikkinchi mavsumi uchun tizerni e'lon qildi.
2-mavsumda Uensdey “Nevermore” akademiyasiga qaytadi, u yerda yangi sirlar va xavf-xatarlar kutmoqda. Syujetda romantik chiziqlardan uzoqlashgan holda, mistik elementlarga koʻproq e’tibor qaratiladi.
Jenna Ortega (uensdey), Ketrin Zeta-Jons (Mortisia), Luis Gusman (Gomes), Isaak Ordonez (Pugsli), Fred Armisen (Fester amaki) va Hunter Duxan (Tayler) oʻz rollariga qaytadi.
Akademiyaning yangi direktori sifatida Stiv Buskemi, shuningdek, Tendi Nyuton, Kristofer Lloyd, Joanna Lumli, Billi Payper va Xeyli Joel Osment kabi yangi aktyor va aktrisalar serialda koʻrinish beradi.
Mavsum ikkiga boʻlingan holda premyera qilinadi. Dastlabdi qismlar 6-avgustda, final qismlari esa 3-sentyabrda premyera qilinishi moʻljallangan.