Instagram CapCut`ning analogi boʻlgan Edits videomuharririni taqdim etdi
Ilovani iOS foydalanuvchilari 13-martdan boshlab ishlatishlari mumkin. Android versiyasi esa keyinroq taqdim etiladi.
“Instagram” ijtimoiy tarmogʻi Reels roliklarini tahrirlash uchun yangi ilova — “Edit”ni taqdim etdi.
Ilova “TikTok”da post qilish uchun videolarni montaj qilish imkonini beruvchi “CapCut” nusxasi hisoblanadi.
“Instagram” rahbari Adam Mosseri aytishicha, “Edits” telefonda qisqa videolar yaratuvchilar uchun ishlab chiqilgan.
Ilovada kamera, tahrirlash vositalari, mashhur qoʻshiqlar roʻyxati, qoralamalar yaratish va ularni boshqa ijodkorlar hamda doʻstlar bilan ulashish imkoniyati mavjud boʻladi.
“Edits” ilovasida kameraga olish mumkin boʻlgan videoning maksimal uzunligi — oʻn daqiqa. “Instagram”da yuklab olish sifati — 1080p.
Ilovani “App Store”da “oldindan buyurtma berish” imkoniyati mavjud. U 2025-yil 13-martdan boshlab ishga tushadi va rus tilini qoʻllab-quvvatlaydi.
Bu vaqtgacha kompaniya cheklangan doiradagi mualliflar orasida ulardan fikr-mulohaza olish maqsadida ilovani sinab koʻradi. Android versiyasi esa keyinroq taqdim etiladi.