верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Jahon Chempionati. O‘zbekiston – BAA: Tarixiy to‘qnashuvlarda kim ustun?
04.06.2025

Jahon Chempionati. O‘zbekiston – BAA: Tarixiy to‘qnashuvlarda kim ustun?

Jahon Chempionati. O‘zbekiston – BAA: Tarixiy to‘qnashuvlarda kim ustun?

5-iyun kuni O‘zbekiston milliy termasi Jahon chempionati saralash bosqichida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi muhim bellashuv o‘tkazadi. E’tiborga molik jihat shuki, bu bahsda bitta ochko qo‘lga kiritilsa, mundial sari yo‘l ancha yaqinlashadi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Endi esa tarixga nazar solamiz: bu ikki jamoaning o‘zaro raqobatida kim ustun?

Hozirgacha O‘zbekiston va BAA terma jamoalari 18 marta maydonda ro‘baro‘ kelishgan. Shulardan 9 ta o‘yinda arablar g‘alaba qozongan, 5 ta bahsda esa o‘zbekistonliklar ustunlikni qo‘lga kiritgan. Yana 4 ta o‘yin murosasiz yakun topgan. Ushbu to‘qnashuvlarda jamoamiz raqib darvozasini 20 marta ishg‘ol qilgan, lekin o‘z darvozasidan 25 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Agar faqat jahon chempionati saralash uchrashuvlarini ajratib olsak, statistikada yana BAA jamoasi oldinda. O‘zbekiston 1 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 3 ta bahsda imkoniyatni boy bergan va 1 ta durang qayd etilgan.

Tarixdagi eng yirik g‘alaba 2014-yil 14-oktabrga to‘g‘ri keladi — o‘shanda O‘zbekiston termasi BAAni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Eng og‘riqli mag‘lubiyat esa 2001-yil 17-avgustda yuz bergan bo‘lib, o‘shanda vakillarimiz 1:4 hisobida yutqazgan.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.