JCH—2026. Oʻzbekiston — Qirgʻiziston uchrashuvining vaqti oʻzgardi


Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Qirgʻizistonga qarshi uchrashuv vaqti oʻzgardi. Dastlab 18:45 ga belgilangan uchrashuv 21:15 ga koʻchirildi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.
“Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 20-mart kuni Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida Qirgʻiz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.
Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi uchrashuv vaqtini oʻzgartirish boʻyicha OFKga soʻrov yubordi. Soʻrov qanoatlantirilib, oʻyin 20-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 ga koʻchirildi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy jamoasi 6 turdan soʻng 13 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. 16 ochko jamgʻargan Eron — yetakchi. Ushbu jamoalar oʻrtasidagi uchrashuv 25-mart kuni boʻlib oʻtadi. Uchrashuv vaqti va joyi hozircha aniq emas.