Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekiston terma jamoasi boshqaruviga Timur Kapadze keladi — manba
22.01.2025 (yangilandi 22.01.2025)

Oʻzbekiston terma jamoasi boshqaruviga Timur Kapadze keladi — manba

Oʻzbekiston terma jamoasi boshqaruviga Timur Kapadze keladi — manba

Oʻzbekiston terma jamoasiga Timur Kapadze bosh murabbiy boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda OʻFAga yaqin manba maʼlum qildi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Taʼkidlanishicha, murabbiy bilan allaqachon kelishuvga erishilgan. Yaqin kunlarda murabbiy rasman tayinlanadi va jamoa yigʻiniga qoʻshiladi.

Maʼlumot uchun, bugun, 22-yanvar kuni Srechko Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani oʻzaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qilgani xabar qilingandi.

OʻFA milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib borayotgani xabar qilingandi. Baʼzi mutaxassislarning fikricha, tashkilot xorijiy murabbiylar bilan ham muzokaralar olib borgan.

Maʼlumot uchun, Katanes qoʻl ostida Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash bosqichida 6 turdan keyin 13 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Guruhda 1 va 2-oʻrinlarni olgan jamoalar mundialga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.