верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Istedim” qoʻshigʻi muallifi Roza Zergerli Oʻzbekistonda katta konsert berdi
16.04.2025

“Istedim” qoʻshigʻi muallifi Roza Zergerli Oʻzbekistonda katta konsert berdi

“Istedim” qoʻshigʻi muallifi Roza Zergerli Oʻzbekistonda katta konsert berdi

Ozarbayjonlik xonanda Roza Zergerlining “Istedim” nomli taronasi qisqa fursatda Markaziy Osiyoda xit darajasiga yetdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Birgina qoʻshigʻi orqali olamshumul mashhurlikka erishgan xonanda 14-15-aprel kunlari Toshkentning muhtasham “Xalqlar doʻstligi” saroyida oʻzining ilk yakkaxon konsert dasturini oʻzbek tinglovchilariga jonli ijroda taqdim etdi.

Konsert xonandani mashhur qilgan “Istedim” kompozitsiyasi bilan boshlandi. Xit taronadan soʻng Rozaxonim oʻzbek muxlislari bilan salomlashib, ularni koʻrishdan mamnunligini aytdi.

Ushbu konsert ozarbayjonlik xonandaning Oʻzbekistondagi ilk konserti boʻldi. Shunga qaramay, sanʼat saroyi oʻzbek va boshqa millatga mansub muxlislar bilan toʻldi.

Roza Zergerli konsertda ikki tilda muloqot qildi. Ozar tili turkiy xalqlar uchun begona emasligi sabab oʻzbek muxlislari uning soʻzlarini yaxshi tushundi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.