РУ
O’Z
UZS
/
/
“Kalmar o‘yini” serialidagi shakarli pechenyelarni tayyorlaymiz: siz o‘ylagandan osonroq
11.01.2025 (yangilandi 21.01.2025)

“Kalmar o‘yini” serialidagi shakarli pechenyelarni tayyorlaymiz: siz o‘ylagandan osonroq

“Kalmar o‘yini” serialidagi shakarli pechenyelarni tayyorlaymiz: siz o‘ylagandan osonroq

Shov-shuvli “Kalmar o‘yini” seriali ikkinchi mavsumi bilan qaytdi, demak, mavzuli ziyofat vaqti keldi. Yaqinlaringizni geometrik shakllar tushirilgan shakar uyalari yoki “Dalgona” shirinliklari bilan hayratda qoldiring. Asablarni qitiqlovechi o‘yin uchun bu shirinlikni mustaqil tayyorlash yo‘lini sizga tushuntirib beramiz.

Masalliqlar

4 ta shirinlik uchun:

  • shakar — 100 g;
  • osh sodasi — 2 chimdim.

Tayyorlash

Shakarni kichik qozonga soling va past olovga qo‘ying. Qiyom tayyorlash jarayonida vaqti-vaqti bilan aralashtiring va shakar bir tekis qizishi uchun qozonni yon tomonlarga egib turing. Natijada bir xil och jigarrang aralashma hosil bo‘lishi kerak. Qiyomni uzoq qizdirmang, aks holda u achchiq bo‘lib qoladi.

Shakar erigach, uni olovdan oling va faol harakatlar bilan sodani yaxshilab aralashtiring. Osh qoshiq yordamida karamelni silikon gilamcha yoki pishirish qog‘oziga doiracha shaklida qo‘ying. Mos o‘lchamdagi uchburchak shaklidagi metall qolipni olib, shakar doirachasiga ozgina bosing (lekin teshib yubormang), shunda iz qoladi.

Shakar uyalari tayyor! Endi igna bilan qurollanib, o‘yinga kirishish mumkin.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.