верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Konsert reklamalarida fonogramma darajasi koʻrsatiladi
12.03.2025 (yangilandi 14.03.2025)

Konsert reklamalarida fonogramma darajasi koʻrsatiladi

Konsert reklamalarida fonogramma darajasi koʻrsatiladi

Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni konsertlarda fonogrammadan foydalanishni tartibga soluvchi qonunga imzo chekdi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Hujjatda jonli ijro san’atini rivojlantirishda Madaniyat vazirligining vakolatlarini aniqlashtiruvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan. Xususan, konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammalardan foydalanishning turli darajalari belgilanishi qayd etilgan.

Qonunchilikda qo‘shiq va boshqa musiqiy asarlarini ijro etishning quyidagi usullari nazarda tutiladi:

  • jonli ijro;
  • fonogrammadan qisman foydalanilgan holda;
  • fonogrammadan foydalanilgan holda.

Fonogrammadan foydalanish darajasi haqidagi ma’lumotlar tadbir reklamasida ko‘rsatilishi kerak. Bu boʻyicha “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi va “Reklama to‘g‘risida"gi qonunlarga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, konsert dasturida barcha asarlarning ijrochilari va mualliflarini ko‘rsatish talab etiladi. Qonun rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng darhol kuchga kiradi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.