31.05.2025
Lola tirnoqlari bilan muxlislarni hayratga soldi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
O‘zbekistonlik mashhur xonanda Lola Yo‘ldosheva muxlislariga o‘zining noodatiy manikyurini namoyish etdi.
Uslub bilan tajriba qilishni yaxshi ko‘radigan qo‘shiqchi bu safar uzun kumushsimon tirnoqlari bilan hammani hayratda qoldirdi.
Ko‘plab muxlislarning ta’kidlashicha, Lola so‘nggi paytlarda ularni kutilmagan tajribalari bilan xursand qilmoqda.
Lola ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonning eng talabgir xonandalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Uning ijodi “Qaytmaydi”, “Endi yo‘q”, “Jonim sog‘indim” kabi qo‘shiqlari bilan millionlab tinglovchilar qalbidan joy olgan.