Makrodan Yangi yil dasturxonlari uchun mahsulotlarga past narxlar. Mazali nima xarid qilish mumkin?

Biz “Makro” bukletidan haftaning eng yaxshi aksiyalarini jamladik. Yangi yil dasturxoni, uy bezagi yoki sovg‘alar uchun chegirmali narxlarda xarid qilishga shoshiling.
Аksiya 2024-yilning 31-dekariga qadar amal qiladi
Shirinliklar
Hayot qisqa, shuning uchun ham tanlovni shirinliklardan boshlaymiz. Desetrsiz, konfetsiz va boshqa shirinliklarsiz qishning orom beradigan oqshomlari va bayram dasturxonidagi lazzatlarni tasavvur qilish qiyin.
- Ritter Sport plitkali shokoladi: 19 950 so‘m (eski narxi: 27 990 so‘m)
- Storck Merci konfetlari: 58 950 so‘m (eskinarxi: 74 190 so‘m)
- Storck Toffifee konfetlari: 26 950 so‘m (eski narxi: 34 490 so‘m)
- Alpen Gold: 11 950 so‘m (eski narxi: 14 490 so‘m)

Olivye va “selyodka pod shuboy” (po‘stinli seld balig‘i)
Bu Yangi yil dasturxoni asosi hisoblanib, bayramni ularsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi sabzavotlardan tortib konservalangan no‘xat va mayonezgacha bo‘lgan ushbu salatlar uchun barcha kerakli masalliqlarni Makro supermarketlari tarmog‘idahamyonbop narxlarda topishingiz mumkin:
- Mayonez: 13 950 (eski narxi: 15 990)
- Kolbasa: 56 950 (eski narxi: 75 990)
- Yashil no‘xat: 13 950 (eski narxi: 17 990)

- Seld balig‘i: 27 950 (eski narxi: 32 990)
- Kartoshka: 6 750
- Lavlagi: 5 450

Gazaklar
Qarsildoq kanapelar, xushbo‘y ruletkalar, kesmali pishloqlar yoki to‘yimli buterbrodlar - gazaklar bayramona dasturxonni yanada ishtahali qiladi. Yong‘oqdan tortib shprotgacha bo‘lgan barcha kerakli masalliqlarni Makro supermarketlaridan qulay narxlarda topdik:
- Yong‘oq: 28 950 (eski narxi 32 990)
- Zaytunlar: 27 950 (eski narxi 24 490)
- Gaude pishlog‘i: 24 950 (eski narxi 31 490)

- Moydagi shprotlar: 23 950 (eski narxi: 27 990)
- Qurut: 13 950 (eski narxi: 16 990)
- Suxarilar: 6 450


- Lays chipslari: 13 950 (eski narxi: 17 990)
- Krab tayoqchalari: 15 950 (eski narxi 21 490)
- Marinadlangan bodring: 15 950 (eski narxi: 18 990)

Mevalar
Yangi yil dasturxonidagi mevalar nafaqat bezak, balki musaffolik va yorqin ta’m manbai hamdir. Shirali mandarinlar uyni bayram ifori bilan to‘ldiradi, noklar rang-baranglik qo‘shadi va ekzotik bananlar stolni o‘ziga xos va yorqin qiladi:
- Mandarinlar: 14 950 (eski narxi: 16 990)
- Bananlar: 19 990 (eski narxi: 22 490)
- Nok: 18 950

Ichimliklar
Har bir mehmonning ko‘nglini olish uchun Yangi yil dasturxoniga ichimliklarni oldindan o‘ylab qo‘yishni unutmang. Sharbatlar, gazlangan ichimliklar, choy va qahvani ham Makro supermarketlaridan hamyonbop narxlarda topdik:
- Pepsi: 11 950 (eski narxi: 13 990)
- Buratino limonadi: 9 950 (eski narxi 12 990)
- Olma sharbati: 10 950 (eski narxi: 12 990)

- Tess qora choyi: 15 950 (eski narxi: 20 490)
- Tess energy choyi: 16 950 (eski narxi: 20 990)
- Qahva: 38 950 (eski narxi: 51 990)

Sovg‘alar va bezaklar
Biz minimal xarajatlar va maksimal foyda bilan bayramga tayyorgarlik qilish yo‘lini topdik:
- Yangi yil gulchambarlari: 14 950 (eski narxi 21 490)
- Palmolive sovg‘a paketi: 47 950 (eski narxi 59 990)
- Rafaello konfetlari: 95 950 (eski narxi 112 990)


1-yanvar tongida
Yangi yilning birinchi kuni ko‘pincha bayram kechasidan keyin kuchni tiklash istagi bilan boshlanadi. Dasturxonda tezda o‘ziga kelishga yordam beradigan mahsulotlar va ichimliklar bo‘lishi lozim:
- Borjomi mineral suvi: 18 950
- Nescafe Gold qahvasi: 50 950 (eski narxi: 70 990)
- Limon va yalpiz suvi: 2 650 (eski narxi: 2990)
