Ray-Ban Meta aqlli koʻzoynaklari odatdagidan koʻra mashhurroq boʻldi
TechCrunch manbasi Ray-Ban brendiga egalik qiluvchi EssilorLuxottica kompaniyasining yuqori rahbari Stefano Grassiga tayanib xabar berishicha, Meta (Facebookʼning bosh kompaniyasi) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Ray-Ban aqlli koʻzoynaklari oddiy modellardan koʻra koʻproq ommalashgan.
50 nafar do‘stingizni taklif qiling va iPhone 16 Pro yutib oling
Baʼzi hududlarda Ray-Ban Meta savdosi barcha modellarning 60 foizigacha yetmoqda. Xususan, bu Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikaga taalluqli. Shu bilan birga, mahalliy nazorat organlari cheklovlari tufayli koʻzoynaklarning ayrim sunʼiy intellekt funksiyalari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida hali ishlamayapti. Meta zarur ruxsatnomalarni olish ustida ishlamoqda.
Koʻrinib turibdiki, xaridorlarni asosan koʻzoynakdagi mikrofonlar va kameralar oʻziga jalb qilmoqda, sunʼiy intellekt imkoniyatlari emas. Maʼlum qilinishicha, Ray-Ban Meta dastlab kutilganidan ham koʻra muvaffaqiyatliroq boʻlgan.