Maryam Tillayeva bolaligida olingan noyob videoni eʼlon qildi


Bloger Maryam Tillayeva trend videoni suratga olib, uni bolaligiga oid kadrlar bilan boyitdi.
Oʻzbekiston birinchi prezidentining nevarasi Maryam Tillayeva 8 yoshga toʻlgani munosabati bilan uyushtirilgan bazmdan lavhalarni obunachilariga ulashdi.
Videoga “Yigit: Sen tantiq qiz emassan deb umid qilaman. Maryam: 8 yoshimda Ivanushki sovgʻa qilingan men”, deya izoh yozilgan. Unga tirjaygan emoji ham qoʻshilgan.
Ushbu video tarmoqda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Koʻpchilik bobosi prezident boʻlsa, ular ham shunday tugʻilgan kun nishonlagan boʻlishini aytib, izoh yozgan.
Maʼlumot oʻrnida, Ivanushki International 1995-yilda asos solingan, rus estradasining eng mashhur guruhlaridan biri. Ularning “Koinotda 10 yil” toʻplami 2000-yillarning eng taniqli asarlaridan hisoblanadi.
2008-yilda, yaʼni Maryam Tillayevaning tugʻilgan kunida Toshkentga Andrey Grigorev, Kirill Andreyev va Oleg Yakovlevdan iborat jamoa kelgan. Guruh aʼzolari turli yillarda oʻzgarib borgan. Andrey va Kirill doimiy ijrochilardir.