$100 верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Maryam Tillayeva: Sardarov bilan ajralishi, oilasi, plastik operatsiyalari va O‘zbekiston sobiq prezidentining nabirasi biografiyasidan boshqa qiziqarli tafsilotlar
07.12.2024 (yangilandi 09.12.2024)

Maryam Tillayeva: Sardarov bilan ajralishi, oilasi, plastik operatsiyalari va O‘zbekiston sobiq prezidentining nabirasi biografiyasidan boshqa qiziqarli tafsilotlar

Maryam Tillayeva: Sardarov bilan ajralishi, oilasi, plastik operatsiyalari va O‘zbekiston sobiq prezidentining nabirasi biografiyasidan boshqa qiziqarli tafsilotlar

Maryam Tillaeva – bloger, biznesvumen va O‘zbekiston sobiq prezidenti nabirasi bo‘lib, ko‘pchilikning e’tiborini o‘zining mashhur familiyasi bilan tortadi. Uning shaxsiy hayoti sirli bo‘lib qolmoqda, eri va plastik operatsiyalari haqidagi mish-mishlar unga qiziqishni oshiradi. Keling, O‘zbekiston elitasi vakili bo‘lgan “oltin qiz” hayotiga oid ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz.

image

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN XARID QILISH MUMKIN?

icon

Maryam Tillayeva: biografiyasi

Tug‘ilgan sanasi: 1999-yil 20-yanvar

Burji: Tog‘ echkisi

Tug‘ilgan joyi: Toshkent

Maryam Tillayeva O‘zbekistonning mashhur va nufuzli oilalaridan birida tug‘ilgan. Bunga sabab – uning bobosi, sobiq prezident Islom Karimovdir. Sobiq davlat rahbari va uning oilasining hayoti sir tutilgan bo‘lsa-da, Maryamning bolaligi va hayotiga oid ayrim tafsilotlar OAVga ma’lum.

Maryamning otasi – tadbirkor Timur Tillayev, onasi – Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillayeva. Maryam ularning to‘ng‘ich farzandi bo‘lib, Umar ismli ukasi va Safiya ismli singlisi bor.

Марьям Тилляева поздравила узбекистанцев с Днем Независимости, опубликовав  архивное видео с Исламом Каримовым

Maryam bolaligidan ijodkorlikka qiziqqan, artistlik qobiliyatini namoyon qilgan. Shu sababdan ota-onasi uni 5 yoshida pianino chalishni o‘rgatish uchun musiqa maktabiga berishgan. Biroz vaqt o‘tgach, Maryam qo‘shiq aytishni boshlagan va turli tadbirlarda qatnashgan.

Mashhur oilada o‘sish Maryamning hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan, uni intizomli va omma oldida o‘zini tutishni biladigan qilib tarbiyalagan. U bolaligidan onasi bilan turli tadbirlarda qatnashgan va xayriya ishlari bilan shug‘ullangan.

Нелепые фото. Марьям Тилляева показала кадры из своего детства - Новости  Узбекистана - Vaib.uz

14 yoshga to‘lganida esa, oilasi uni chet elda, Los-Anjelesda o‘qitishga qaror qildi. Bu qaror to‘g‘ri edi, chunki Amerika ta’lim tizimi dunyodagi eng kuchli tizimlardan biri hisoblanadi. U yerda ingliz tilini mukammal o‘rgangan Maryam dunyoning istalgan oliy o‘quv yurtiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu bilan birgalikda, u ingliz tilida ravon suhbatlashishni o‘rganishi uchun ajoyib imkoniyat edi.

Maryam Tillaeva: faoliyat yo‘li

Maryam o‘z faoliyatini AQShda boshladi. U syorfing bilan shug‘ullangan va sohillarning ifloslanishi kabi ekologik muammolarni ko‘rib, atrof-muhit muhofazasiga qiziqishni boshlagan. Uning fikri bo‘yicha, sohillarda to‘planadigan ahlatlar nafaqat sohil bo‘yini ko‘rinishini buzadi, balki atrof-muhitga yetarlicha zarar ham yetkazadi. Bunday fikrlar uni ekoaktivlar qatorida faoliyat yuritishiga sabab bo‘ldi.

Shundan buyon u ekologik aksiyalarda ishtirok etadi va tabiatni muhofaza qilishga oid proyektlarga qiziqish bildiradi. Do‘stlari bilan birgalikda ekologik materiallardan tayyorlangan soatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Maryam aktyorlik faoliyatida ham o‘zini sinab ko‘rgan. Biroq, bunga erishish uchun avvaliga suratga olish maydonchasida yordamchi bo‘lib ishlashiga to‘g‘ri kelgan. U yulduzlar uchun kofe va ovqat tashigan, jamoaga yordam bergan.

2019-yilda esa unga kichik bir rolni ijro etish ishonib topshirildi. Maryam Entoni Xopkins ishtirok etgan “Hozir – bu hammasi” (Now is Everything) nomli dramada suratga tushdi. Ha, bu o‘sha hammaga taniqli “Qo‘zichoqlar sukunati” va “Zorro Maskasi”da suratga tushgan aktyor. Shu yili u “Ellements” jurnali muqovasi uchun fotosessiyada qatnashdi.

Ushbu tajribadan so‘ng, Maryam moda sohasi bilan qiziqib, o‘zining kiyim brendini yaratishga qaror qildi. Brend body-pozitivga e’tibor qaratib, turli tana tuzilishlariga mos, qulay va ekologik kiyimlar ishlab chiqarishni maqsad qilgan.

Maryam Tillayevaning o‘z uslubiga kelsak, u bogemcha obrazlarni ikki minginchi yillarning trendlari bilan aralashtirishni yaxshi ko‘radi, zerikarli ranglarni yoqtirmaydi va har doim yorqin narsalarni afzal ko‘radi.

Maryam Tillayeva shaxsiy hayoti: shoshilinch nikohi va shov-shuvli ajralishi

Maryam Tillayeva va Amiran Sardarov

2020-yilda Maryam taniqli bloger Amiran Sardarov bilan tanishgan. Amiran pandemiya davrida o‘zini band qilish uchun AQShga ko‘chib o‘tgan edi. U yerda Maryam bilan uchrashib, tez orada o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida uni ko‘rsata boshladi.

Почему Амиран Сардаров развёлся с внучкой первого президента Узбекистана,  не прожив с ней и года

2021-yil aprel oyida ular Las-Vegasda, do‘stlari va Elvis Presli qiyofasidagi ruhoniy ishtirokida turmush qurishdi. Nikoh marosimining tezkor o‘tishi va Maryamning ochiq libosi muxlislar orasida: “Maryam homilador emasmi?” degan mish-mishlarni keltirib chiqardi Ammo bu mish-mishlar tasdiqlanmadi.

Qizining tanlovini oilasi ma’qullamadi, shuningdek, Tillayevaning eri Instagram’da qizning ochiq suratini joylashtirgandan so‘ng, juda katta janjal yuzaga keldi. Qarindoshlari Maryamdan yuz o‘girishdi.

Sardarov va Tillaevaning munosabatlari esa avvaldan murakkab bo‘lgan. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, Maryam uni har doim xiyonatda gumon qilib, ijtimoiy tarmoq akkauntlariga kirib, uning barcha yozishmalarini tekshirgan.

Амиран Сардаров опубликовал видео с Марьям Тилляевой в нижнем белье -  Upl.uz, 01.07.2022

Munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilib, juftlik Moskvaga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

Sardarov va Tillayevaning ajralishi

Oradan ko‘p o‘tmay, Amiran Sardarov Instagram’da ular ajrashayotganini e’lon qildi. Maryam esa muxlislarining savollariga javoban: “Hammasi juda murakkab va shaxsiy hayotim tafsilotlari hammaga oshkor bo‘lishi uchun emas.” dedi. Biroq vaqt o‘tishi bilan Tillayeva Moskva OAVlariga intervyu berdi. U Moskvaga ko‘chib kelgandan keyin erining fe’l-atvori keskin o‘zgargani va bu unga katta umidsizlik keltirganini tan oldi. Natijada ular ajrashishdi.

Ajrashish jarayoni juda og‘ir va shov-shuvli kechib, ikki davlatda ham muhokama qilindi. Maryam Amiran Sardarovni nafaqat hissiy, balki jismoniy zo‘ravonlikda hamda qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlashda aybladi. Sardarov esa bu ayblovlarni rad etdi.

Ajralishdan keyin juftlik qisqa vaqtga yarashib, yana birgalikda bo‘lishga harakat qilishdi, ammo bu uzoqqa cho‘zilmadi. Keyinchalik Maryam Amiranni xiyonatda aybladi. YouTube’dagi Laura Jugeliya shousida Tillayeva erining noqonuniy moddalar iste’mol qilishni boshlash taklifi tufayli undan ajralishga qaror qilganini aytdi.

Ajrashish jarayoni tugagach, Maryam katta ziyofat uyushtirdi va unda qayg‘urish o‘rniga, muvaffaqiyatsiz turmushini raqslar bilan nishonladi.

Yangi sevgilisi

2024-yil qish faslida jurnalistlar Maryamning yangi sevgilisi kimligini oshkor qilishdi. U 24 yoshli o‘zbek tadbirkor Shon edi. Juftlik Balidagi ta’til paytida paparassilar tomonidan suratga tushirilgan.

Появились первые фото нового парня Марьям Тилляевой

Yoz faslida esa Maryam Shon bilan ajrashganini e’lon qildi. Bu qarorni qabul qilish unga oson bo‘lmaganini tan oldi. Shunga qaramay, sobiq sevishganlar o‘zaro do‘stona munosabatlarni saqlab qolishgan.

Maryam Tillayeva: plastik operatsiyalari haqidagi mish-mishlar

Maryam Tillayevaning plastik operatsiyalar qilgani haqidagi gap-so‘zlar anchadan beri yuradi. Garchi u bir necha marta Instagram’da bo‘yanishsiz va hatto ertalabki shishgan holatda o‘zini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik uning go‘zalligini tabiat in’omi deb hisoblashga shubha bilan qaraydi.

Maryam o‘zining bunday go‘zallik sirlari haqida faqat bir marta ochiq gapirgan. U lablariga muvaffaqiyatsiz inyektsiya qilganini tan olgan va bu haqda video yozib, quyidagicha izoh bergan:

“Men tabassumimni to‘g‘rilamoqchi edim. Tabassum qilganimda, labimning chap tomoni doim yuqoriga ko‘tarilardi. Ammo endi bilmayman, nima bo‘ldi. Balki charchagandirman, chunki kecha soat 7:00dan beri oyoqda edim, balki kofeni ko‘p ichib yuborgandirman. Lekin... bu nima bo‘ldi?" – deya savol bergan yulduz.

Lablarining yangi ko‘rinishini hatto uning iPhone’ining FaceID tizimi ham tanimagan.

Bu qiziq

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.