Ob-havo ma’lumoti: 7–9-yanvar kunlari O‘zbekistonda -10 daraja sovuq bo‘ladi
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 8-9 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchyishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 7 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 8 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3 sovuq-2° iliq, 9 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 yanvarda Navoiy viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 va 9 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchyishi, 7 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 7 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 8 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 9 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 7 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5 ° iliq, 8 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3 sovuq-2° iliq, 9 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechqurun 7 yanvarda, hamda kechasi va ertalab 8 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 9 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 va 9 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha gacha kuchyishi, 7 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 7 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 8 yanvarda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 9 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha gacha kuchyishi mumkin. Harorat 7 yanvarda kechasi 1-6, kunduzi 5-10° iliq, 8 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 9 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab 8 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 4-9° iliq, 8 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 9 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 8-9 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.