верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Mashhur hind aktyori Abhishek Bachchan Toshkentga keladi
11.03.2025

Mashhur hind aktyori Abhishek Bachchan Toshkentga keladi

Mashhur hind aktyori Abhishek Bachchan Toshkentga keladi

Mashhur hind kino aktyori Abhishek Bachchan Toshkentga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi axborot xizmati. Aktyorning o‘zi bu haqda ma’lum qilib, videomurojaat ham yo‘llagan.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Ta’kidlanishicha, Kinematografiya agentligi va Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida joriy yilning 14−16-mart kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Hind kinosi kunlari” o‘tkaziladi. Tadbirda Bollivudning mashhur kinoijodkorlari, jumladan, Abhishek Bachchan ham ishtirok etadi.

Ma’lum qilinishicha, 14-mart soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida uning ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan “Ghoomer” filmi namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, Abhishek Bachchanlar oilasi a’zosi hisoblanadi, u yana bir mashhur akyor — Amitabh va Jaya Bachchanlarning o‘g‘lidir. Abhishekning turmush o‘rtog‘i ham taniqli aktrisa — Aishvariya Ray.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.