Dilime`ning sobiq xotini hali turmushga chiqmagan qizlarga maslahat berdi


Mashhur bloger va vayner Dilime (Dilshod Nazarov)ning sobiq rafiqasi Laziza hali turmushga chiqmagan qizlarga maslahatlar ro‘yxatini taqdim etdi. U bu haqda Instagram sahifasida izdoshlarining savollariga javob berar ekan ma’lum qildi.
Turmush qurmagan qizlarga beriladigan eng muhim 5 ta tavsiya haqidagi savolga Laziza shunday javob berdi: “Oilangizga mehr ulashing, ammo qurbon bo‘lmang!”, “Eringizni chin dildan seving, u ham sizni sevsin!”.
“Avval ishlarni bitirib, keyin farzandlar haqida o‘ylayman, demang. Oilani birinchi o‘ringa qo‘ying. Qolgani kutib turishi mumkin”, “O‘zingizni seving”, “Sizni sevishlarini emas, hurmat qilishlarini talab qiling”. “O‘zingizni seving”.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Laziza bloger bilan ajrashganining shok qiluvchi tafsilotlarini oshkor qilgan edi. Bu haqda batafsil bu yerda o‘qishingiz mumkin.