1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Merilin Monroning 70 yil avvalgi imzoli surati 21 ming dollarga sotildi
14.07.2025

Merilin Monroning 70 yil avvalgi imzoli surati 21 ming dollarga sotildi

Merilin Monroning 70 yil avvalgi imzoli surati 21 ming dollarga sotildi

Amerika kino afsonasi Merilin Monroning imzosi tushirilgan tarixiy surat Bostonda o‘tkazilgan auksionda 21 ming AQSh dollariga (taxminan 265 million so‘m) sotildi. Bu haqda RR Auction kim oshdi savdosi uyi rasmiy sayti xabar berdi.

Surat 1954-yil yanvar oyida, Merilin Monro va uning sobiq turmush o‘rtog‘i, beysbol yulduzi Jo Di Majio bilan Yaponiyaga asal oyiga yo‘l olgan vaqtida olingan. 29-yanvar kuni ular San-Fransiskodagi federal idoraga sayohat uchun pasport rasmiylashtirishga borganda, Merilin kerakli o‘lchamdagi suratni taqdim eta olmagan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Shunda Di Majio yaqin atrofdagi o‘yin avtomatlari zaliga borib, Monroning suratlari tushirilgan fotokabinalardan bir nechta kichik formatdagi rasmlarni olib keladi. Bu suratlardan biri keyinchalik hujjat ishlari bilan shug‘ullangan xodimga sovg‘a qilinadi.

5x6 santimetr o‘lchamdagi bu kichik suratda qizil siyoh bilan quyidagicha yozuv mavjud: “Janob Bolsga rahmat va eng samimiy tilaklarim, Merilin Monro Di Majio”. Shu tarzda, ushbu surat o‘zining tarixiy ahamiyati va yulduzning shaxsiy izlari tufayli auksionda yuqori bahoga sotildi.
 

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.