“Muhtasham yuz yil”dagi Ibrohim hozir qayerda?


Okan Yalabik oʻz faoliyatini “Muhtasham yuz yil” seriali ekranga chiqishidan ancha oldin boshlagan. Biroq aynan Ibrohim posho roli unga jahon miqyosida shuhrat keltirdi.
Aktyor 1978-yil 13-dekabrda Istanbulda tugʻilgan. U oilada ikkinchi farzand boʻlgan. Aktyor ota-onasi haqida deyarli hech qachon gapirmagan. U hozir ham shaxsiy hayotini jamoatchilikka oshkor qilmaslik kerak deb hisoblaydi.
Aktyor hozir nimalar bilan band?
Soʻnggi ikki yil ichida Okan Yalabik gʻoyib boʻldi — u katta teatr sahnalarida chiqish qilmay qoʻydi, uning ishtirokida soʻnggi film — “Sevgilim” 2022-yilda chiqqan. Aynan shu sababli baʼzi muxlislar uni uzlatga ketgan deb atay boshladi.

Aslida Okan filmlar va multfilmlarga ovoz berish bilan shugʻullanishni davom ettirmoqda, oʻz guruhida baraban chaladi va xayriya konsertlarida qatnashadi. Aktyor suratga olish boʻyicha yangi takliflarni koʻrib chiqishini yashirmaydi, lekin hozir tinchlik va xotirjamlikda boʻlishni afzal koʻradi. Boʻsh vaqtini kitob oʻqish, toza havoda sayr qilish va baraban chalishga bagʻishlaydi.

Okan Yalabik juda ijodiy va koʻp qirrali inson. U har bir rolini shunchaki oʻynamaydi, balki haqiqatan ham shu rolda yashaydi va aynan shu sababli uni muxlislari qadrlaydi. Turk seriali yulduzining muxlislari uning yaqin orada yangi va yorqin loyihalar bilan katta ekranlarga qaytishini chin dildan umid qilishadi.