Munisa Rizayeva kasbini oʻzgartirishi mumkin. Bunga nima sabab?
Munisa Rizayeva qoʻshiqchilikni tark etib, blogerlik bilan shugʻullanishi mumkin. Xonanda bunga Instagram`dagi postlaridan birida ishora qildi.
Sanʼatkor 18-yanvar kuni Instagram`dagi sahifasida yangi video eʼlon qildi. Unda buvi va ona chaqaloqqa qanday gʻamxoʻrlik qilishi hazilomuz tarzda tushuntiriladi.
Munisa Rizayeva onasi nevarasiga doim issiq boʻlishi uchun derazalarni yopib, paypoqlarini kiydirib, adyolga oʻrab qoʻyishini koʻrsatgan. Oʻzi esa buning aksini qiladi.
Post ostidagi izohlarda koʻplab mashhurlar fikr yozib qoldirgan. Ulardan ayrimlar klubimizga xush kelibsiz deya, xonandaga shirin entikish bilan sabr va matonat tilab yozgan.
Foydalanuvchilardan biri Munisaga xonandalikni tashlab, blogerlik bilan shugʻullanishni maslahat bergan. “Sizda blogerlik juda zoʻr”, oʻxshayapti deya yozilgan izohga Rizayeva “xoʻp” deya kulib javob bergan.
Bu katta ehtimol bilan hazilga hazilga bilan qaytarilgan javob boʻlishi mumkin. Xonanda va uning oilasi 2024-yil noyabr oyida Argentinaning Buenos-Ayres shahriga ketgan. Ular hozirgacha Oʻzbekistonga qaytib kelishmagan.