Maryam Tillayeva Kanndagi ziyofatga qancha pul sarflagani maʼlum bo‘ldi


78-Kann kinofestivali tadbirlarida nafaqat jahon miqyosidagi yulduzlarni, balki bloger va inflyuenserlarni ham uchratish mumkin. Xususan, Amiran Sardorovning sobiq rafiqasi, Maryam Tillayeva ham ulardan biri bo‘ldi.
26 yoshli qiz bu kinofestivalda birinchi marta qatnashayotgani yo‘q. Maryam tadbirga do‘sti — Arno ismli tadbirkor yigit bilan keldi.
Kann shahrida juftlik chiptasi 35 000 dollar turadigan kechaga borishga qaror qilishdi. “Bu minimal kirish narxi. Biz eng arzon chiptalarni oldik”, deya hayajon bilan gapirdi Tillyayeva.
Bu ziyofat har yili o‘tkaziladigan amfAR xayriya kechasi bo‘lib, u OITS tadqiqotlari jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, bu yerda yulduzlar kasallikka qarshi kurashish uchun pul ajratadi.