25.02.2025
Munisa Rizayeva kutilmagan yangilik bilan bo‘lishdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Munisa Rizayevaning farzandi 3 oylik bo‘ldi. Shu bois uning oilasi mahallaga osh tarqatdi.
U farzandi tez o‘sayotganini, dunyoni o‘rganishga qiziqayotganini aytib, bunda unga yaqindan ko‘makchi bo‘lishini ta’kidladi.
“Yaqinda men har bir harakatingni o‘zimda sezardim! 9 oy davomida turli his-tuyg‘ularni his qildim”, — deb yozadi xonanda Instagram`da.
Shuningdek, Munisa 2-yildan beri uyida ta’mirlash ishlari tugamasligini aytib nolidi. Shu bois u o‘z oilasi bilan yangi uyga ko‘chib o‘tmoqchi.