“Onalar instinkti” filmiga o‘xshash filmlar. Ular psixologiyaga qiziqadiganlarga yoqishi aniq


“Onalar instinkti” – 2024-yilning asosiy filmlaridan biri bo‘lib, kinosevarlar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. G‘ayrioddiy syujet, do‘stlik va onalik mavzulari, “Xichkok uslubidagi” estetika, Gollivud aktyorlarining ishtiroki va filmda sodir bo‘ladigan psixologik jihatlar tomoshabinni onalikning “boshqa tomoni” bilan tanishtiradi. Agar siz ushbu mashhur filmi yoqtirib tomosha qilgan bo‘lsangiz, shunga o‘xshash filmlarni ham ko‘rishni istashingiz aniq. Ular onalar, rafiqalar va shunchaki ayollar haqida hikoya qiladi.
Qaysi filmlar “Onalar instinkti” filmiga o‘xshaydi?
“Onalar instinkti”ni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

“Nojo‘ya ta’sir” (2013)
Davlat: AQSh
Janr: triller, drama, jinoyat
Davomiyligi: 1 soat 35 daqiqa
Rollarda: Jud Lou, Runi Mara, Ketrin Zeta-Jons, Chenning Tatum, Vinessa Shou, Maykl Natanson
Kinopoisk reytingi: 7
Syujet:
Emilining eri qamoqqa tushadi va shu paytdan boshlab u psixologik muammolarga duch keladi. To‘rt yildan keyin eri ozodlikka chiqadi, ammo Emili chuqur depressiyaga tushib, hatto o‘z joniga qasd qilishga urunadi. Shifokor unga dorilar yozib beradi, ammo u hamkasbining tavsiyasiga ko‘ra boshqa preparatni qabul qilishga qaror qiladi.
“Uxlashimdan oldin” (2013)
Davlat: Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Shvetsiya
Janr: triller, drama, detektiv
Davomiyligi: 1 soat 32 daqiqa
Rollarda: Nikol Kidman, Kolin Fyort, Mark Strong, Ben Kromptson, Enn-Mari Daff, Adam Levi
Kinopoisk reytingi: 6,7
Syujet:
Bu film bosh qahramoni – Nikol Kidman ijro etgan ayol haqida. U xotirasini yo‘qotgan va so‘nggi yigirma yil ichida kunlar bir xil takrorlanadi. Film syujeti bilan “Sug‘ur kuni”ni eslatadi. Har tongda u o‘z hayotini yangidan yig‘ishga majbur bo‘ladi.
TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

“Poyezddagi qiz” (2016)
Davlat: AQSh
Janr: triller, drama, jinoyat
Davomiyligi: 1 soat 52 daqiqa
Rollarda: Emili Blant, Heyli Bennet, Rebekka Fergyuson, Jastin Teru, Lyuk Evans, Edgar Ramires, Lora Pripon
Kinopoisk reytingi: 6,6
Syujet:
Har kuni Reychel poyezd oynasi orqali bir xonadonda yashovchi uning nazarida ideal bo‘lgan oilani kuzatadi. Bir kuni u oilaning onasi sirli tarzda g‘oyib bo‘lishiga guvoh bo‘ladi. Endi u bu murakkab ishning asosiy markaziga aylanadi, axir aynan Reychel poyezd oynasidan barcha bo‘lgan voqeani ko‘rgan guvohdir.
“Tun pardasi ostida” (2016)
Davlat: AQSh, Xitoy
Janr: triller, drama
Davomiyligi: 1 soat 56 daqiqa
Rollarda: Emi Adams, Jeyk Jillenhol, Maykl Shennon, Aaron Teylor-Jonson, Ayla Fisher, Elli Bamber, Armi Hammer
Kinopoisk reytingi: 7,3
Syujet:
Syuzenning hayoti tashqi tomondan ideal ko‘rinadi: boy eri, san’at galereyasi va go‘zal Los-Anjeles shahar hayoti. Bir kuni u sobiq turmush o‘rtog‘idan maktub oladi. Unda yigitning Syuzenga atab yozgan romani yuborilgan va bu asar ayolni o‘tmishidagi qorong‘u voqealar tomon yetaklaydi.
Minglab filmlar, seriallar va shoular HD sifatda va reklamasiz – barchasi TelecomTV veb-saytida!

“Xavotir olma, jonim” (2022)
Davlat: AQSh
Janr: triller, drama
Davomiyligi: 2 soat 3 daqiqa
Rollarda: Florens Pyu, Garri Stayls, Kris Payn, Oliviya Uayld, Kiki Leyn, Jemma Chan, Nik Kroll
Kinopoisk reytingi: 6,7
Syujet:
1950-yillar, AQSh. Alisa va Jek korporativ shaharchaning maxsus dizaynerlik uslubida bezalgan go‘zal uyda yashovchi baxtli juftlik. Erkaklar “G‘alaba” nomli sirli loyiha ustida ishlaydi, ayollar esa uy bekasi bo‘lish bilan band – ular sevikli yorlariga manzur bo‘lish uchun hamma narsa: balet bilan shug‘ullanishadi, shoping qilishadi. Biroq bir kuni Alisa hammasi o‘ziga xos tuhfa bo‘lishi mumkinligini sezib qoladi va erining kompaniyasi dahshatli sirlarni yashirayotganini anglaydi.