1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zgidromet: 17–20-iyul kunlari harorat +45 darajagacha yetishi mumkin
15.07.2025

O‘zgidromet: 17–20-iyul kunlari harorat +45 darajagacha yetishi mumkin

O‘zgidromet: 17–20-iyul kunlari harorat +45 darajagacha yetishi mumkin

O‘zbekiston bo‘ylab 17–20-iyul kunlari keskin issiq havo kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mamlakat hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib keladi. Shu kunlarda havo harorati +40…+43 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa +45 darajagacha ko‘tarilishi ehtimoli mavjud.

Ayniqsa 17-iyul kuni respublikaning shimoli, janubi hamda cho‘l zonalarida kuchli issiq kuzatiladi. 18–20-iyul oralig‘ida esa bu issiqlik butun hudud bo‘ylab tarqalishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu kunlarda shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.

Mutaxassislar fuqarolarga ochiq havoda uzoq vaqt qolmaslikni, ko‘proq suyuqlik ichishni va quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
 

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.