РУ
O’Z
UZS
/
/
Nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun buterbrod g‘oyalari
20.04.2025

Nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun buterbrod g‘oyalari

Nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun buterbrod g‘oyalari

Buterbrod – bu nafaqat tez va qulay, balki mazali, xilma-xil va to‘yimli tamaddi hamdir. Siz uchun nonushta, tushlik va kechki ovqatga mo‘ljallangan 9 ta mashhur buterbrod g‘oyasini jamladik. Har bir retsept ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan so‘rovlarga asoslangan va uy sharoitida tayyorlash uchun moslashtirilgan. Qani ketdik, tayyorlashni boshlaymiz!

Nonushta uchun buterbrodlar

Avokado va tuxumli buterbrod

Sog‘lom ovqatlanish klassikasi: yarim avokadoni ezib, qaynatilgan tuxum, ozroq limon sharbati va ziravorlar: tuz, murch va paprika qo‘shing. Tayyorlangan guakamolini donli tost ustiga surting va kunjut yoki kungaboqar urug‘larini bilan seping. Bunday nonushta uzoq vaqt to‘q tutadi va energiya beradi. Ko‘rinishi ham Pinterestdagi kabi chiroyli.

Avocado Toast with Jammy Eggs

Nok, pishloq va yong‘oqli issiq buterbrodlar

Shirin va sho‘r orasida tanlov qila olmaydiganlar uchun noodatiy kombinatsiya: non bo‘lagiga asalda dimlangan nok bo‘laklarini qo‘ying, ustiga ko‘k pishloq yoki bri, hamda maydalangan yong‘oqlarni seping. Usti oltin rang bo‘lguncha pechda pishiring.

Pear, Blue Cheese, and Honey Tartine

Pishloq va kolbasali grenkalar

Eng oddiy va to‘yimli variant. Non bo‘lagiga istalgan kolbasa va ko‘p miqdorda maydalangan pishloq qo‘ying. Qovurilgan tovada yoki pechda pishloq eriguncha pishiring. Bunday issiq buterbrodni o‘zingiz bilan ofisga, universitetga yoki sportzalga olib borishingiz mumkin.

Фаршированные гренки

Tushlik uchun buterbrodlar

Tovuq, piyoz va pishloqli buterbrod

Konserva tovuq go‘shtini mayda to‘g‘ralgan piyoz va maydalangan pishloq bilan aralashtiring. Aralashmani non bo‘laklariga surting va usti oltin rang bo‘lguncha pechda pishiring. To‘yimli, mazali va kaloriyasi kam buterbrod tayyor!

Бутерброды с консервированным тунцом и яйцом: 11 фото в рецепте

Treska jigarli buterbrodlar

Non ustiga treska jigarini surting, ustiga yangi bodring bo‘laklarini qo‘ying va ko‘katlar seping. Oddiy, to‘yimli va eng asosiysi foydali variant.

Бутерброды с печенью трески огурцом яйцами рецепт с фото - 1000.menu

Tovuq go‘shti va sabzavotli buterbrodlar

Pishirilgan tovuq ko‘kragini yupqa bo‘laklarga bo‘ling, yangi sabzavotlar (pomidor, bodring) va salat barglarini qo‘shing. Donli non ustiga joylashtirib, ta’bga ko‘ra ziravorlang.

Бутерброды с куриной грудкой и авокадо

Kechki ovqat uchun buterbrodlar

Shprot, tuxum va pishloqli buterbrod

Non bo‘lagiga shprot, ustiga maydalangan pishloq va qaynatilgan tuxum qo‘ying. Pishloq eriguncha pechda pishiring. Sovet uslubidagi ajoyib issiq buterbrod tayyor.

Бутерброды со шпротами с яйцом и огурцом

Fetaksa va rediska bilan buterbrod

Non ustiga fetaksa pishlog‘ini surting, ustiga yupqa qilib kesilgan rediska va bodring bo‘laklarini qo‘ying, rukkola bilan bezang va maydalangan keshyu yong‘oqlarini seping. Yangi ta’m izlaydiganlar va noodatiylikni yoqtiruvchilarga manzur bo‘lishi aniq.

Сэндвич с крекером, сливочным сыром, свежим огурцом и редисом | Премиум Фото

Qizil baliq, tvorogli pishloq va bodringli buterbrod

Qomatini saqlashni yaxshi ko‘radiganlar uchun variant: non ustiga tvorogli pishloq surting, ustiga yangi bodring va qizil baliq bo‘laklarini qo‘ying. Istasangiz ko‘kat bilan bezashingiz mumkin.

10 аппетитных бутербродов с красной рыбой, которые исчезнут со стола первыми

Umid qilamizki, ushbu g‘oyalar sizni har qanday vaqtda mazali va xilma-xil buterbrodlar tayyorlashga ilhomlantiradi. Yoqimli ishtaha!

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.