22.07.2025
Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘ining ajoyib guldastasi bilan maqtandi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
O‘zbekistonlik taniqli xonanda Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘i bilan yarashganining ta’sirli lahzasi haqida so‘zlab berdi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlariga joylagan videoda hashamatli guldastani ko‘rish mumkin.
“Bugun ertalab bir holat yuz berdi, — dedi Munisa. — Turmush o‘rtog‘im bilan janjallashib qoldik va men suratga tushishga ketdim. Mana, suratga olish maydonchasida turib qarasam, u kelib: “Meni kechir”, deyapti, qo‘lida ajoyib guldasta”.
Shuningdek, Rizayeva bunday xatti-harakat ayolga nisbatan ideal munosabat ekanligini ta’kidlab, shunday dedi: “Mana, qizlar, erkak shunday bo‘lishi kerak! Gullar bilan kechirim so‘rash kerak”, — dedi u.